Qaçon va qanday boy bölamiz? Tanzila Narbayeva Töraqörğonga bordi (foto+video)

Qaçon va qanday boy bölamiz? Tanzila Narbayeva Töraqörğonga bordi (foto+video)

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 2020-2022 yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari ijrosini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar holati bilan tanişiş maqsadida Namangan viloyati Töraqurğon tumaniga bordi. Uşbu taşrifni Effect.uz axborot agentligi xodimlari yoritib bordi.

Narbayeva taşrifi davomida bir qator tadbirkorlik subʼektlari faoliyati bilan yaqindan tanişilib, ularning muammolariga yeçim topiş ilinjida böldi.  Maʼlumot örnida aytiş mumkinki, bugungi kunda tuman aholisi 227,4 ming kişini taşkil etadi. Jami oilalar soni 59,9 mingta, şundan kambağal oilalar soni 1271 ta.

Senat Raisi dastavval tumandagi “Dilrabo SDA” MÇJ tomonidan trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş korxonasida böldi. Mazkur tekstil korxonasida 700 ta yangi iş örni yaratilgan. Trikotaj mahsulotlari asosan Rossiyaga eksport qilinadi. Endilikda esa AQŞga ham eksport qiliş rejalaştirilgan. Yaqinda Turkiya va Xitoy davlatlaridan 200 ming AQŞ dollarlik yangi uskunalar olib kelindi.

“Senat Raisi korxonamizga kelib, iş jarayonimiz bilan tanişgani, takliflarimizga quloq tutgani bizga yanada köproq şijoat bağişladi. Ikki yil avval viloyat hokimligi tomonidan uşbu hududdagi qarovsiz turgan eski maktabning binosi nol qiymat qilib berildi. Körib turganingizdek, yangi binolar qurdik. Zamonaviy asbob-uskunalar keltirib, faoliyatimizni kengaytirdik. Hozirda işlab çiqariş hajmini yanada oşiriş, işsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlaşni maqsad qildik, dedi “Dilrabo SDA” MÇJ korxonasi rahbari Maʼsuda Sodiqova.

Oliy Majlis yuqori palatasi Raisi uşbu korxona faoliyati bilan tanişar ekan klasterlik faoliyatini yölga qöyib, özida xom-aşyodan tortib tayyor mahsulotgaça yetiştiriş zarurligi taʼkidlandi. Buning uçun esa barça şaroit yaratilişi, qöşimça yer ajratilişi bildirildi. Qolaversa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş, işçilarning farzandlari uçun maktabgaça taʼlim muassasasi quriş va unga yetakçi mutaxassislarni jalb qiliş borasida takliflar ilgari surildi.

Navbatdagi manzil: Töraqörğon tumani “Isvaxon” mahallasi. Uşbu hududda joylaşgan rossiyalik investorlar tomonidan taşkil etilgan “RuNamtex” MÇJ faoliyati hamda umumiy qiymati töğridan-töğri xorijiy investitsiya hisobiga 1,5 mln. AQŞ dollari bölgan 2-bosqiç töquv, tikuv trikotaj loyihasi bilan tanişildi.

Taʼkidlaş joizki, işlab çiqarişga xorijiy investitsiyalarni jalb etişning ijobiy tomonlari köp. Masalan, yangidan-yangi texnologiyalar qöllaniladigan mazkur jarayonda mahsulotlar turi va hajmi ortadi, özaro hamkorlik tufayli mamlakatning eksport salohiyati tobora yuksalib boradi. Muhimi, yangi iş örinlari yaratiladi. Faoliyati boşlanganiga bir neça oy bölgan “RuNamtex” MÇJ xorijiy korxonasi hozirning özida 100 nafarga yaqin xotin-qizlarni iş bilan taʼminladi. Istiqbolda ular soni yana şunçaga köpayişi közda tutilgan.

Ayni paytda 6 xil ölçamda zamonaviy töşak yopqiçlari, 3 ölçamda soçiq va 8 turda “futbolka”lar işlab çiqarilayotgan mazkur korxonada Xitoydan keltirilgan yuqori samarali dastgohlar örnatilgan. Mahsulotlarning barçasi esa eksportga çiqarilmoqda.

Senat Raisi mazkur korxonada faoliyat yuritayotganlarning iş jaaryoni, yaratilgan şaroit va turmuş tarzi bilan qiziqdi hamda suhbat qurdi.

Töraqörğon tuman, “Oqtoş” MFYda joylaşgan “Oqtoş tekstil” MÇJ – Senat Raisining navbatdagi taşrif manzili böldi. “Oqtoş tekstil” MÇJ tomonidan soçiq töqiş va tikuv tsexni va korxonaning 2-boçqiç loyihasi hamda quriliş jarayoni va uskuna sotib oliş uçun 4,5 mln. AQŞ dollari kredit mablağalari ajratiş masalasi körib çiqildi.

Öz faoliyatini 2013 yilda boşlagan uşbu muassasada hozirda 400 nafar kişi mehnat qiladi. Mahsulotlar 100 foiz eksportga yönaltirilgan. Şu jumladan, joriy yilning ötgan 9 oyida 4,5 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Eksportlar asosan Rossiya, Polşa, Ukraina davlatlariga amalga oşiriladi. Uşbu yangi loyiha röyobga çiqarilişi natijasida qöşimça 1200 ta yangi iş örni yaratilişi nazarda tutilgan.

Uskuna sotib oliş uçun 4,5 mln. AQŞ dollari kredit mablağlari ajratiş masalasi qöyilgan. Senat Raisi uşbu muammoni örganib çiqib, hal etiş yuzasidan tegişli mutasaddilarga körsatma berdi.

Jumladan, “Rubin BIA” korxonasida böldi. Zamonaviy temir beton va armo karkas quriliş materiallari işlab çiqaradigan uşbu korxonada 15 ta iş örni yaratilgan. Yiliga 35-40 ming dona mahsulot işlab çiqariladi.

Senat Raisi mazkur muassasa faoliyati bilan tanişib, quriliş materiallarini sifatli işlab çiqarişga jiddiy qaraş zarurligini taʼkidladi. Qolaversa, tadbirkorning Yoqilği quyiş şoxobçasi taşkil qilişi uçun yer ajratiş borasidagi murojaati ham körib çiqilib, hal etiş yuzasidan körsatma berildi.

Bundan taşqari, Tanzila Narbayeva Töraqörğon tumani “Kalvak” MFYdagi “Abdusalom ravnaqi” MÇJ faoliyati bilan tanişdi.

Taʼkidlaş joizki, “Abdusalom ravnaqi” MÇJ tomonidan çet eldan qaytgan va işsiz yoşlarni iş bilan taʼminlaş hamda mebel sanoati rivojlantirişdagi masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Hozirda uşbu korxonada yoğoç va NDF materiallaridan eşik va romlar, maktabgaça taʼlim muassasalari uçun şkaf, stol-stullar, tibbiyot muassasalari uçun mebel anjomlari tayyorlanyapti. Bugungi kunda 14 ta iş örni yaratilgan.

Tadbirkor Muhammadşarif Qosimov hovlisida iş olib borayotgani va joy torligi uçun yer söragan edi. Tuman hokimligi tomonidan qöşimça yer ajratilib, hozirda quriliş işlari jadallik bilan davom etmoqda. Mebel fabrikasi kengaytirilişi natijasida yana 20-30 nafar kişi iş bilan taʼminlanişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, yoşlarga hunar örgatiş maqsadida tumandagi kasb-hunar kollejidan ham joy ajratiş borasidagi taklifi Senat Raisi tomonidan qöllab-quvvatlandi va bu masalani hal qiliş yuzasidan mutasaddilarga körsatma berildi.

“Bu juda örinli taklif, boisi, umumtaʼlim maktabi bitiruvçilari oliy taʼlimga öqişga kirgani nur ustiga aʼlo nur. Biroq talabalikka ötolmaganlar nima bilan maşğul böladi? Ayniqsa, öğil bolalarni kasb-hunarga örgatiş maqsadga muvofiq. Zotan, hunarli kişi xor bölmas. Yana bir jihat, işlab çiqariş jarayonida çet el tajribasini özlaştiriş, raqobatbardoş, bozor jozibadorligini oşirişga eʼtibor qaratiş ham muhim ahamiyat kasb etadi”, dedi Senat Raisi.

Manba: Effect.uz

×