Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbul şahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning öğli Najmiddin Bilol Erdöğan bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidoğu” maktabiga bordi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Uşbu muassasalarning öqitiş uslublari, yondaşuvlari menda katta qiziqiş uyğotdi. Bu yerda taʼlim sifatiga, yoşlarning iqtidorini röyobga çiqariş va ularda mustaqil fikrlaş könikmasini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilgan”, deydi Saida Mirziyoyeva.



Uning bildirişiça, bunday ilğor amaliyot özaro hamkorlik uçun keng yöl oçadi. Taşrif davomida ikki mamlakat taʼlim maskanlari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, tajriba almaşiş hamda maktab öquvçilari, talabalar, pedagoglar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga kelişib olingan.



“Taʼlim sohasi – Özbekiston va Turkiya örtasidagi döstona munosabatlarning muhim qirralaridan biridir. Mazkur yönalişdagi hamkorligimiz yoşlarning öqib-örganişi, dunyoqaraşi ösişi hamda bir-birini yanada yaqindan tanişiga xizmat qiladi”, deydi Saida Mirziyoyeva.









