Farğonada IIB xodimlari uşlab ketgan fuqaro vafot etdi

Farğonada IIB xodimlari uşlab ketgan fuqaro vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy şahar Laşkar qişloğida Içki işlar bölimi profilaktika inspektori bir fuqaroni urib jarohat yetkazganligi haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Farğona viloyati prokuraturasi izoh berdi. 

Aniqlanişiça, keça, 27 avgust kuni soat 19:00 larda Quvasoy şahar “Yuqori Möyan” MFY hududida 1962 yilda tuğilgan fuqaro X.T. jamoat tartibini buzuvçi harakatlar sodir etgan. 

Şu sababli, u Quvasoy şahar IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekşiriş maqsadida şahar tibbiyot birlaşmasiga olib ketilayotgan vaqtda uning soğliği yomonlaşib, körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan. 

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki maʼlumotiga köra, X.T.ning ölimiga “Yurakning işemik kasalligi, yurak toj kon tomirlarini ötkir yetişmovçiligi, öng tomonlama pnevmoniya, surunkali plevrit, oşqozon osti beziga qon quyilişi, alkogoldan zaharlaniş” taşxisi qöyilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Quvasoy şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. 

Tekşiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

×