DAVOSI YÖQ VIRUS: Koronovirusning jahonga “yurişi” boşlandi

DAVOSI YÖQ VIRUS: Koronovirusning jahonga “yurişi” boşlandi

Xitoy Xalq Respublikasining markaziy Xubey provintsiyasining Uxan şahridan boşlanib, mamlakatning qolgan qismlari va yana qator mamlakatlarda kuzatilayotgan yuqumli virus – koronovirusning keng tarqalayotgani va insonlarning ölimiga sabab bölayotgani butun sayyoramizda xavotirlarni kuçaytirib yubordi.

Hozirça vaktsinasi topilmagan zotiljam xastaligining tarqalişi soyasida rasmiy Pekin mamlakatning 8 ta provintsiyasida karantin joriy etdi. Xitoy hukumati öz fuqarolariga murojaat qilib köp odam yiğiladigan joylarga bormaslik, ommaviy tadbirlarni bekor qilişga çaqirdi. Oxirgi maʼlumotlarga köra, Xitoyda yangi koronavirusdan kasallanganlar soni 830 nafardan oşib ketdi, uning qurbonlari soni 26 nafarga yetdi. Qurbonlardan 24 nafari Uxan joylaşgan Xubey provintsiyasida, yana 2 nafari uning taşqarisidagi hududlarda vafot etgan. Virus, şuningdek, Xitoy taşqarisiga çiqib, u bilan kasallaniş holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQŞ, Vetnam, Singapur va Tailandda qayd qilingan. Virusning koronavirus deb atalişiga sabab şuki, uning atrofidagi ösimtalar tojga öxşaydi.

Kuni keça Xitoy soğliqni saqlaş davlat qömitasi yangi virus odamdan odamga yuqişini tasdiqladi. Aytilişiça, kasallikni xastalanganlar bilan muloqotda yuqtirib oliş mumkin. Şu bois bir neça davlat virus tarqalişini oldi oliş uçun çora körmoqda. Xususan, Osiyo davlatlari aeroportlarida yölovçilar tekşirilmoqda. Şuningdek Avstraliya, Bangladeş, Nepal, Singapur va AQŞ aeroportlarida ham nazorat kuçaytirildi. Virus tarqalişi ortidan Özbekistonda ham çegara nazorati kuçaytirildi.

Olimlar taxminlariga köra, virus Uxan şahridagi mol bozoridan boşlangan. Epidemiyaga koronavirusning avval kuzatilmagan turi sababçi ekanligi aniqlandi.

2003 yilda koronavirusning boşqa bir turi oğir ötkir respirator sindromi epidemiyasini keltirib çiqargan edi. Öşanda ham virus hayvonlardan odamlarga yuqqan. 2002-2003 yillarda sindrom 37 davlatda 8 mingdan oşiq kişiga yuqqan, 774 nafar kişining yostiğini quritgan. Koronavirusning turli xillari odamlar va hayvonlar içida tarqalgan bölib, ayrimlari yengil, ayrimlari oğir kasalliklarga olib keladi. Garçi virus kuçli xavotirlarga sabab bölayotganiga qaramay, çorşanba kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti kasallikni global favqulodda vaziyat deb topişga qaror qilmadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti xodimlari tarqalayotgan virusni global favqulodda vaziyat deb eʼlon qilişdan oldin kasallik haqida töliqroq maʼlumot töplaş kerak bölişini aytişdi. Ular yakuniy qaror çiqarişda bunday çora xalqaro savdoga körsatadigan taʼsir ham eʼtiborga olinişini qöşimça qilişdi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti sönggi marta 2014-2016 yillarda Ğarbiy Afrikada tarqalgan Ebola virusini global favqulodda vaziyat deb belgilagan edi.

Xitoyda yangi tarqalgan virusga qarşi çoralar körilmoqda, biroq koronavirus haqida maʼlumot kam bölgani sabab undan davolaş usullari ham noaniq. Virus nafas oliş yöllari, oşqozon-içak trakti, asab tizimiga zarba beradi. Uning 2002-yilda tarqalib, 774 odamning ölimiga sabab bölgan SARS virusiga öxşaşligi aytiladi. 2012-yilda esa boşqa bir koronavirus – Yaqin Şarqdagi nafas oliş yöllari sindromi tarqalgan edi. “Bu virus odamlarga har holda körşapalaklardan yuqqan, ammo hozir tuyalarga ham ötgan. Bu koronaviruslarning hayvondan insonga ötiş xususiyati mavjud”, — deydi Merilend universiteti olimi Mettyu Frimen. Ötgan yil dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan şahrida ilk bor qayd etilgan yangi koronavirus insonga dengiz mahsulotlaridan ötgani, söng esa havodan, masalan, oddiy yötal yoki aksiriş bilan yuqişi aniqlandi. Frimenning aytişiça, koronavirusni yuqtiriş juda oson. Yoşi kattalarning unga qarşilik körsatişi qiyinroq. “Agar 65 yoki undan katta bölsangiz, asoratlari köp bölişi mumkin”, — deydi AQŞ soğliqni saqlaş institutidan Entoni Fauçi. Asoratlarga pnevmoniya, bronxit, buyrak yetişmovçiligi, öpkada suyuqlik töplanişi va hatto ölim misol böla oladi. “Ikkilamçi bakterial infektsiyaga uçrasangiz, antibiotik içişingiz mumkin. Nafas oliş qiyinlaşsa, respiratordan foydalansa böladi, ammo şunda ham soğayib ketişga kafolat yöq, çunki virus yangi”, — deydi doktor Fauçi. Dunyo olimlari ayni damda uni örganmoqda.

“Virus qayerdan keldi, qanday faoliyat yuritadi, uning tarqalişini tuşuniş uçun diagnostika işlab çiqiş mumkinmi? Şularni biliş muhim”, — deydi Frimen. Ayni paytda AQŞ Yuqumli kasalliklarning oldini oliş markazi qölni tez-tez yuvişni, yötalganda oğizni tirsak yoki salfetka bilan yopişni tavsiya qilmoqda.

Eng yomoni, Xitoydan tarqalayotgan yangi toj virusining global epidemiyasi AQŞ-XXR savdo uruşidan köra köproq miqyosda jahon iqtisodiyotiga zarba berişi mumkin. Maʼlumki, bu ikki davlat savdo janjalidan dunyo 600-700 milliard AQŞ dollaridan köproq ziyon körgan. Aytiş joiz: jahon birjalari hozirdan “qaltiraşga” tuşgan. Aviakompaniyalarning, aktsiyalari, haşamatli buyumlar bilan savdo qiluvçi kazino va kompaniyalarning mollari narxi keskin tuşib bormoqda. Neft kotirovkalari haqida ham şunday deyiş mumkin. Ekspertlar hisob-kitobiga qaraganda, xavotirlar oşib boraversa, “qora oltin” narxi kamida 3 dollarga arzonlaşadi.

Uxan qanday şahar?

Uxan ayrim maʼlumotlarga köra, dunyoning yirik şaharlari röyxatida 42 – örinda, Xitoyda 7 – örinda turadi. BMT maʼlumotlarida aytilişiça, Uxanda 9 milliondan 11 milliongaça kişi istiqomat qiladi. Şaharning hajmi va uning iqtisodiy taraqqiyoti Osiyo hamda jahonning boşqa mamlakatlariga, şu jumladan, AQŞgaça bu qadar katta tezlikda tarqalganiga oydinlik kiritgandek böladi. 2016 yildan beri har yili Uxan Tyanxe aeroporti 20 milliondan ziyod yölovçiga xizmat körsatadi. U yerdan London, Parij, Dubay va yer şarining boşqa köplab şaharlarga töğridan-töğri havo parvozlari amalga oşiriladi. Yantszi daryosi qirğoğida joylaşgan şahar özining yuqori texnologiyasi va sanoati bilan tanilgan. Uxanda sanoatlaşgan zonalar köp va 52 ta öquv muassasalari bölib, unda 700 ming talaba tahsil oladi. Fortune Global röyxatidagi 500 ta yirik kompaniyaning 230 tasi şahar sanoatiga sarmoya kiritgan.

Xitoy hukumatiga köra, yangi virus Xitoy markazidagi Uxan şahridagi baliq bozoriga dengiz jonivorlarini noqonuniy olib kelgan odamlardan boşqalarga yuqqan. Hukumat Uxan şahriga bormaslik va şahardan çiqmaslik maslahatini berdi va hatto karantin eʼlon qildi. Boz ustiga, barça keng kölamli tadbirlarni — oy taqvimi böyiça 25 yanvarga belgilangan Yangi yil bayrami, ommaviy sayllar, şu jumladan ibodatxonalardagi anʼanaviy yarmarkalarni bekor qilişga töğrisida qaror qabul qilingan.

Virus Saudiyagaça yetib bordi

Saudiya Arabistonining Hamis-Muşayt şahridagi şifoxonada Hindistonning Kerala ştatidan 30 hamşira ulardan biri yangi turdagi koronavirus bilan zararlanganlikka gumon qilingaç karantinga joylaştirildi. Bu haqda The Hindustan Times naşri maʼlum qildi. Kerala ştati taşqi işlar vaziri Vellamvelli Muralidxaranning taʼkidlaşiça, Saudiya Arabistonidagi şifoxonada 100 dan köproq hindistonlik hamşira işlaydi va ulardan 30 nafari kuzatuv ostiga olingan. 38 yoşli hamşira koronavirusni u bilan zararlangan bemor bilan aloqada bölganda yuqtirib olgan. Keyinroq uşbu hamşira bilan aloqada bölgan barça hamşiralar karantinga joylaştirilgan. Hamşiralarning aytişiça, ular biror-bir tekşiruvsiz karantinga joylaştirilgan.Biroq hamşiralardan birining yaqini maʼlum qilişiça, 20 hamşiradan virusga tahlil olingan va barça testlar virus borligini körsatgan. Yangi virusning inkubatsion davri haqida heç narsa maʼlum bölmagani sababli barça hamşiralar karantinga olingan. Manbaning taʼkidlaşiça, hamşiralarning ahvoli “haqiqatan ayançli”.

Xavfqaydarajada?

Koronavirus infektsiyasining oqibatlari turliça: örtaça şamollaşdan ölimgaça. Yangi virus uşbu diapazonning örtasida joylaşgan körinadi.

“Biz yangi koronavirus bilan duç kelganimizda, alomatlar jiddiyligini aniqlaşga intilamiz. Bu safar simptomlar şamollaşni eslatadi, yaʼni xavotirlanişga asos bor, lekin bu SARSʼdek qörqinçli emas”, — deydi Edinburg universiteti professori Mark Vulhaus. Yaqin Şarq respirator sindromi (Mers) esa odamlarga dromedarlardan — bir örkaçli tuyalardan muntazam ravişda yuqişi kuzatilgandi. U aniqlangan 2012 yildan beri maʼlum bölgan 2494 zararlaniş holatidan 858tasi ölim bilan yakunlangan.

Qaysi hayvon taşuvçi bölgan?

Virus taşuvçi qaysi hayvon ekanligi aniqlanganda, muammo osonlaşadi. Bu safar infektsiyani yuqtiriş holatlari Uxandagi ulgurji dengiz mahsulotlari bozori bilan boğliq edi. Koronavirusning taşuvçisi bozorda sotiladigan beluxa (Şimoliy qutb dengizida yaşovçi yirik delfin) kabi dengiz sutemizuvçilari bölişi mumkin, şuningdek, u yerda tovuq, körşapalak, quyonlar va ilonlari ham sotiladi. Infektsiya manbasini ular orasidan ham izlaş kerak.

Nima uçun bu Xitoyda yuz berdi?

Professor Vulhausning sözlariga köra, bu aholi soni, uning ziçligi va virus taşuvçi hayvonlar bilan yaqin aloqada bölişiga boğliq. “Heç kim navbatdagi virusning Xitoyda yoki öşa mintaqa mamlakatlarida sodir bölganiga ajablanmayapti”. Barça bemorlarda alomatlar 2019 yil 12 dekabrdan 29 dekabrgaça paydo böla boşlagan. Virus yuqtirgan odamlar boşqa bemorlarga tarqaliş xavfini bartaraf etiş uçun izolyatorlarda davolanişdi. Bemorlar bilan aloqada bölgan 150 nafardan ortiq odam ham hozirda kuzatuv ostida. Yölovçilarni tekşiriş uçun tana haroratini aniqlovçi skanerlar örnatildi. Dengiz mahsulotlari bozori tozalaş va zararsizlantiriş uçun yopildi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti nima deydi?

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Xitoyda tarqalgan yangi tipdagi koronavirusdan qanday himoyalaniş mumkinligi böyiça tavsiyalar berdi. Tegişli tavsiyalar taşkilotning Twitterʼdagi sahifasida eʼlon qilindi. JSST mutaxassislari koronavirusdan himoyalaniş uçun quyidagilarga amal qilişni tavsiya qilişgan:

- qöllarni sovun bilan yuviş yoki spirtli asosdagi vositalar bilan artiş;

- yötalganda yoki aksirganda oğiz va burunni daströmol yoki bilak bilan yopiş;

- şamollaş va gripp alomatlariga ega odamlarga yaqinlaşmaslik;

- göşt va tuxumni isteʼmol qilişdan oldin termik qayta işlaş;

- yovvoyi hayvonlar va çorva bilan himoyalanmagan aloqalardan qoçiş.

Yangi virus haqida nimalar maʼlum?

Birinçidan, 2019-nCoV virusi hali odamlarga yuqmagan koronavirusning bir variantidir. Ikkinçidan, koronaviruslar — 38 turdagi viruslarni öz içiga oladigan viruslar oilasi, ularning oltitasi (va yangi virus bilan — yettitasi) odamga yuqadi.

Ikkinçidan, tadqiqotçilarning fikriça, virus odamlarga hayvonlardan yuqqan, ammo u odamdan odamga ham yuqişi mumkin.

Uçinçidan, infektsion belgilari orasida isitma, yötal, nafas qisişi mavjud.

Törtinçidan, odamlarga hayvonlarga teginmaslik, yetarli darajada qaynatilmagan yoki qovurilmagan göşt va tuxumlardan saqlaniş va şuningdek şamollaş yoki gripp belgilari bölgan odamlar bilan aloqa qilmaslik tavsiya etilmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlar qanday çora körmoqda?

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xorijda bölgan özbekistonliklarga ogohlantiriş bilan çiqdi, “xususan Xitoyga borişni rejalaştirayotgan vatandoşlarimizni zaruriy ehtiyot çoralarini körişga“ çaqirdi. Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi mamlakat sarhadlarida xorijdan kelayotgan Özbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolarini tibbiy körikdan ötkaziş kuçaytirilgani haqida xabar tarqatdi.

Qirğiziston esa Xitoydan göşt va göşt mahsulotlarini olib kirilişini vaqtinça çekladi. Bu haqda Davlat veterinariya va fitosanitar xavfsizlik inspektsiyasi maʼlum qildi. Taʼkidlanişiça, 2019 yilning dekabrida Qirğizistonga Xenan viloyatidan 48 tonna ördak göşti olib kelingan, göştlarning xavfsizligi veterinariya diagnostikasi va ekspertiza markazida tekşirilgan. Muassasaning taʼkidlaşiça, Xenan viloyati yangi virus qayd qilingan Xubey viloyatidan 500 kilometr uzoqlikda joylaşgan, barça holatlarga oydinlik kiritilgunga qadar Xitoydan göşt mahsulotlarining olib kirilişga çeklov qöyilişi taʼkidlandi. Qirğiziston soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotiga köra, Xitoydan kelgan barça fuqarolar qöşimça ravişda tekşirilmoqda.

— Hozirça koronavirus bilan oğrigan bemorlar bizda qayd qilinmadi. Qirğiz-Xitoy çegarasidagi “Irkeştam” va “Torugart” Nazorat Ötiş punktlarida, şuningdek, aeroportlarda sanitar-karantin punktlari işlamoqda. Bu punktlarda mutaxassislar Xitoydan kelgan har bir fuqaroni tekşirmoqda. Harorati baland bölgan va yuqumli kasalliklar gumoni bölgan odamlarni aniqlaş maqsadida teplovizor işlamoqda. Xitoyda yangi yil nişonlanişi munosabati bilan 23 yanvardan 1 fevralga qadar Urumçi-Bişkek-Urumçi reysi vaqtinça töxtatildi. Xitoyda avj olgan virusdan himoyalaniş maqsadida Qozoğiston, Tojikiston va Rossiya ham öz çegaralarida va aeroportlarida sanitar nazoratni kuçaytirdi.

Manba: uza. uz

×