Turkmaniston poytaxti Aşxobodda mahalliy politsiya öğil va qiz bolalarning xiyoborlarda birga bölişni taqiqladi. Bu haqda “Nastoyaşçeye vremya” yozmoqda.
“Militsiya xodimlari yoşlarning hujjatlarini tekşirmoqda, köpinça bu poytaxtning Ilhom boğida közga taşlanmoqda. Agar yigit qiz uning singlisi ekanini aytsa, u holda buni tasdiqlovçi hujjatlar talab qilinadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, agar qiz yigitning kursdoşi bölib çiqsa, u holda yoşlar mahkamaga olib ketiladi. Söngra ularning şaxsiga aniqlik kiritiş va ota-onasiga xabar beriş maqsadida taʼlim muassasasiga murojaat qilinadi. Şuningdek, holat yuzasidan universitet rahbariyati ham xabardor qilinadi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari bunday harakatlarning sababi böyiça hozirça izoh bermagan.









