Ruxsatnomalarni internet tarmoğiga ulangan kompyuter bölgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boşqa joylarda amalga oşiriş mumkin.
Bugundan 2019/2020 öquv yili test sinovlarida iştirok etiş uçun "Abituriyent ruxsatnomasi"ni tarqatiş boşlanadi, deb xabar qildi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi matbuot-xizmati.
"Abituriyent ruxsatnomasi"ni tarqatiş quyidagiça amalga oşiriladi:
* Abituriyentlar 20-iyuldan boşlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining "Ruxsatnomani çop etiş" bölimidagi maxsus oynaga pasport (yoki tuğilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.
Ekranda paydo bölgan "Abituriyent ruxsatnomasi" va "Abituriyentga eslatma”ni çop etib oladi.
Bularni internet tarmoğiga ulangan kompyuter bölgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boşqa joylarda amalga oşiriş mumkin.
Kunduzgi taʼlim şakli böyiça röyxatdan ötgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari va Sirtqi va keçki taʼlim şakllari böyiça röyxatdan ötgan abituriyentlar 27-29 iyul kunlari yaşaş joyidan qatʼi nazar quyidagi taşkilotlarga murojaat etişi va ruxsatnomalarini olişlari mumkin: -ixtiyoriy tuman (şahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari; -ixtiyoriy Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari; -ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka kömaklaşiş markazlari.
Uşbu taşkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib böyiça "Abituriyent ruxsatnomasi"ni abituriyentga çop etib beradi.









