Avvalroq, Xitoyning Uxan şahrida paydo bölgan koronavirus Rossiyaga ham yetib borgani taxmin qilinayotgani, Sankt-Peterburgda yangi koronavirus alomatlari bölgan erkak şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik
“Rospotrebnadzor”ning şahar vakili rasmiy maʼlumot berişiça, Rossiyaga Xitoydan kelgan, keyinçalik şifoxonaga yotqizilgan rossiyalik va xitoylik tibbiy tekşiruvdan ötkazilganda ularda yangi koronavirus aniqlanmagan.
“Ikkalasida ötkir respiratorli virusli infektsiyalar aniqlandi, ammo ularda yangi koronavirus yöq”, dedi u RIA Novostiga intervyu berar ekan. Uning sözlariga köra, ikkala erkakning ahvoli barqaror, ular davolanmoqda.
Maʼlumot örnida aytiş mumkinki, yangi virus köplab davlatlarga kirib bormoqda. Ular sirasiga Tailand, Gonkong, Janubiy Koreya, Makao va hatto AQŞ ham kirmoqda. Dunyoning juda köplab davlatlari unga qarşi turli maxsus dasturlar işlab çiqmoqda.
Sarvar Anvar öğli









