“Perevod” uçun ötiş ballari rasman tasdiqlandi

“Perevod” uçun ötiş ballari rasman tasdiqlandi

2026/2027 öquv yili uçun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan Özbekiston davlat oliygohlariga öqişni köçiriş uçun ötkaziladigan maxsus sinovlarning ötiş ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Vazirning tegişli buyruğiga asosan belgilangan ballar taʼlim yönalişlari kesimida eʼlon qilingan. Unga köra, eng yuqori ötiş bali huquq yönalişi uçun belgilangan bölib, talabgorlar kamida 165 ball töplaşi kerak.

Qolgan yönalişlar böyiça ötiş ballari quyidagiça:

Siyosatşunoslik – 140 ball;

Xalqaro munosabatlar – 140 ball;

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar – 140 ball;

Soğliqni saqlaş – 132 ball;

Sanʼat, ijtimoiy fanlar, jurnalistika, biznes va boşqaruv – 105 ball;

Transport xizmatlari – 104 ball;

Taʼlim, gumanitar fanlar, tillar, atrof-muhit, matematika va statistika, AKT, ijtimoiy taʼminot – 94 ball;

Biologik fanlar, fizika, xizmat körsatiş – 80 ball;

Muhandislik, işlab çiqariş, arxitektura – 75 ball;

Qişloq, örmon va baliq xöjaligi, mehnat muhofazasi – 70 ball;

Veterinariya – 60 ball.

Maʼlum bölişiça, 2026/2027 öquv yili uçun ayrim yönalişlarda ötiş ballari avvalgi yilga nisbatan özgargan. Jumladan, sanʼat yönalişida ötiş bali 2025/2026 öquv yilidagi 93 balldan 105 ballga oşgan. Şuningdek, soğliqni saqlaş yönalişida ham talab etiladigan minimal körsatkiç 129 balldan 132 ballga kötarilgan. Ayrim yönalişlarda esa ötiş ballari özgarişsiz qolgan. Masalan, huquq yönalişi böyiça talab 165 ball etib saqlangan.

Şuningdek, vazirlik muhim çeklovni eslatib ötgan. Bunda xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim taşkilotlaridan Özbekistondagi davlat oliygohlarining mos yoki turdoş bölmagan bakalavriat yönalişlariga öqişni köçirişga ruxsat berilmaydi.


Teglar:
×