Majburiy barmoq izlarini oliş, suratga oliş va tibbiy körikdan ötişdan böyin tovlagan xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasida vaqtinça böliş muddati qisqartiriladi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligining buyruğidan kelib çiqib xabar berilgan.
“Agar çet el fuqarosi giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiliş, psixotrop moddalarni şifokor retseptisiz oliş faktining mavjudligi yoki yöqligi uçun barmoq izini davlat röyxatidan ötkaziş, fotosuratga oliş va tibbiy körikdan ötişdan boş tortsa, çet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasida vaqtinça böliş muddati qisqartiriladi”,
deyiladi hujjatda.
Bundan taşqari, agarda atrof-muhit uçun xavfli bölgan yuqumli kasalliklar va OIV infektsiyasi aniqlansa yoki tibbiy körik natijalariga köra giyohvand moddalarni isteʼmol qiliş fakti aniqlansa, migrantlarning böliş muddati qisqartiriladi.
Vaqtinçalik böliş muddatini qisqartiriş töğrisidagi qaror körsatilgan faktlarning kamida bittasi aniqlangan kundan boşlab uç iş kunidan keçiktirmay qabul qilinişi kerak. Uşbu maʼlumot, şuningdek migratsiya bölimlariga keliş zarurligi töğrisidagi maʼlumotlar bir iş kuni içida çet el fuqarosiga yetkaziladi. Buni telefon orqali ham, internet yoki poçta orqali ham qiliş mumkin.
“Şu bilan birga, çet el fuqarosi vaqtinça böliş muddatini qisqartiriş töğrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uç kun içida Rossiya Federatsiyasini tark etiş majburiyati va bu majburiyatni bajarmaslik oqibatlari töğrisida xabardor qilinadi”, deyiladi buyruqda.
Taʼkidlanişiça, uşbu buyruq 2021 yil 29 dekabrdan kuçga kiradi. Şuningdek, şu kundan boşlab Rossiyada mehnat muhojirlari va uzoq muddatda böliş uçun kelgan çet el fuqarolari uçun barmoq izlari, suratga oliş va tibbiy körikdan ötiş majburiy böladi.









