Samarqandlik ayol MIB xodimlarini yoqib yubordi

Samarqandlik ayol MIB xodimlarini yoqib yubordi

Samarqandda ijro harakatlarini amalga oşirayotgan MIB xodimlariga qarşilik qilgan ayol ularni yoqib yubordi. Natijada MIB xodimlari xizmat vazifalarini bajarişdan voz keçişga majbur bölişdi. Bu haqda Boş prokuraturasi matbuot kotibi maʼlum qilmoqda.

Qayd etilişiça, hodisa 2020 yilning 20 yanvar kuni sodir bölgan. MIBning Samarqand şahar bölimi davlat ijroçisi M.B. hamkasblari bilan iş yurituvida bölgan, daʼvogar şahar hokimligi va qöşimça daʼvogar “SV” MÇJ foydasiga javobgar — 1978 yilda tuğilgan D.R.ni uy-joydan çiqariş yuzasidan ijro harakatlarini olib borişgan.

Ular fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudining 2019 yil 12 sentyabrdagi yildagi ijro hujjatiga asosan javobgarning Samarqand şahri, Navoiyşoh köçasidagi uyiga kelişadi.

MIB xodimlari ijro harakatlarini amalga oşirayotgan vaqtda, uşbu xonadonda yaşovçi D.R. uy-joydan çiqişdan boş tortgan. Ayol MIB xodimlarining faoliyatiga qarşilik körsatib, ularni ustiga benzin sepgan. Keyin qölida yonib turgan soçiqni ularning ustiga uloqtirib yuborgan.

Natijada MIB xodimlari xizmat vazifalarini bajarişdan voz keçişga majbur bölişgan.

Hozirda şahar prokuraturasi D.R.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi oçgan.

Qalampir.uz

×