Namanganda iz gazidan bir oila zaharlandi, ona va ikki farzandi vafot etgan

Namanganda iz gazidan bir oila zaharlandi, ona va ikki farzandi vafot etgan

2019 yil 17 noyabr kuni soat 03:10larda Namangan viloyati Uyçi tumani «Döstlik» MFY, Mirişkor köçasidagi uyda bir oilaning 4 aʼzosi is gazidan zaharlandi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Voqea joyida is gazidan zaharlanganlarning 3 nafari vafot etgan (xonadon sohibining turmuş örtoği va ikki nafar farzandi), oila boşliği tuman şifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur mudhiş voqea sabablari örganilganda, gaz uskunalaridan va isitiş moslamalaridan foydalanişda yonğin va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagani aniqlandi. Xonadonda qölbola yasalgan isitiş peçiga propan gaz balloni rezina şlang orqali ulanib uy içida foydalanilgan, natijada is gazi hosil bölib, fuqarolar uxlab yotgan vaqtlarida zaharlangan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Aziz hamyurtlar!

Kirib kelayotgan isitiş mavsumida gaz va boşqa muqobil yoqilği turlaridan xavfsiz foydalaniş qoidalariga amal qiling. Qölbola va sertifikatlanmagan isitiş anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanişdan özingiz va yaqinlaringizni asrang.

×