Özbekistonlik Otabek va uning oilasi 27 noyabr kuni özlarining olti kişilik xususiy uçoğida Torontodan 200 km şarqda yerlaşgan Kingston şahriga uçib, manzilga bir kilometrça qolganida qulab tuşişdi. 7 kişi vafot etdi. Ular orasida 3 nafar bola bölgan. Bu haqda Kanadada yaşayotgan kolumnistimiz Baxtiyor Şohnazar xabar bermoqda.

Havo bulutli va juda kuçli şamol esayotgan bölgan. Hozirça uçoq nega qulagani sababi aytilgani yöq.
"Otabek bilan ötgan mart oyida Çikagoda ötkazilgan Navröz bayramida tanişib, gaplaşgandik. Men unga öğlim uçuvçiligini aytsam, "mening ham uçoğim bor, Hyustondan özim uçib keldim" degandi.
Rahmatlik judayam xayrsevar kişi ekanligini eşitgandim.
Uçoq halokatida Otabekning xotini, öğli, qizi va Torontoda yaşovçi qarindoşi Allohning rahmatiga qovuşdi.
Yaqinlariga sabr-toqat berişini, joyllari jannatda bölişini duo qilib qolamiz" deb yozdi Baxtiyor Şohnazar.

Knopka.ca saytining yozişiça, halokatga uçragan Piper PA-32R yengil motorli samolyotini izlab topişga bir neça soat sarflandi. Samolyot yetib boriş qiyin, botqoq yerga qulagan.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Piper PA-32R samolyoti AQŞda röyxatdan ötkazilgan, Battonvil aeroportidan Torontoga yönalgan.









