Kanadaning Monreal şahrida ikkita öqituvçi dars vaqtida hijobda bölgani uçun işdan haydaldi.Bu haqda Turkiyaning Daily Sabah gazetasi xabar qildi.
Kanadaning Kvebek provintsiyasida diniy belgilarni taqib yurişni taqiqlaş haqida qonun kuçga kirdi. Bu talab davlat xizmatçilari, öqituvçilar, şifokorlar, advokatlar va avtobus haydovçilarga tegişli.
Monreal öqituvçilar uyuşmasining raisi Ketrin Bove-Sen-Per taʼkidlaşiça, musulmon öqituvçilarga hijobni yeçiş yoki işdan böşaş tanlovi berilgan.
Şu örinda Kvebek taʼlim vaziri yangi qoidalarga rioya qiliş kerakligini taʼkidlamoqda.
"Har bir maktab kengaşi qonunga rioya qilişi kerak. Intizomiy jazoga tortilişni istamaganlar uçun hijobni yeçiş va öz işini bajariş imkoniyati mavjud", - deydi u.
Şuningdek, aks holda maktab jarimaga tortilişi mumkinligi va qonunni bajarişni rad etganlar işdan böşatilişi kerakligini taʼkidladi.
Uşbu voqeadan söng, bu qonun loyihasiga qarşi bölgan Kanada musulmonlarining milliy kengaşi (NCCM) qonunni bekor qiliş talabi bilan Kvebek Oliy sudiga murojaat qildi.









