26 avgust kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qömitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, XKP MQ Taşqi işlar böyiça komissiyasi devoni rahbari, Xitoy Taşqi işlar vaziri janob Van I bilan uçraşdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Uning bildirişiça, Özbekiston va Xitoy örtasidagi strategik şeriklik yangi bosqiçga kötarilib, keng imkoniyatlar eşiklari oçilmoqda. Şu nuqtai nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yönalişlardagi munosabatlar rivojini muhokama qiliş alohida ahamiyat kasb etdi.


“Suhbat çoğida global masalalar böyiça umumiy qaraşlarni şakllantirişga alohida töxtaldik. Janob Van Iga iliq va mazmunli suhbat uçun minnatdorlik bildiraman”, deydi Saida Mirziyoyeva.










