Bugun, 23 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov AQŞning Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elçisi Deniyel Rozenblyum bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida AKT sohasidagi dolzarb yönalişlar, jumladan, telekommunikatsiya, IT-taʼlim, IT-park hamda elektron hukumat sohalarida hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilindi.

«Bugungi kunda AQŞ xalqaro IT-bozorida yetakçilik qilayotgan davlatlardan biri. Bu borada ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik, ilğor xorijiy tajribani örganiş muhim ahamiyatga ega», — dedi AKT vaziri Şerzod Şermatov.
Deniyel Rozenblyum esa Özbekiston IT-bozori yuqori salohiyatga ega ekanini taʼkidladi va yurtimizda amalga oşirilayotgan raqamli islohotlarga ijobiy baho berdi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Özbekiston va AQŞ örtasida hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barça saʼy-harakatlarni safarbar etişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.









