MIB Toşkentda 8 553 ta maşinani jarima maydoniga joyladi

MIB Toşkentda 8 553 ta maşinani jarima maydoniga joyladi

Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toşkent şahar boşqarmasi hamda Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi bilan hamkorlikda poytaxtning 12 ta köçalasida reyd ötkazmoqda. Bu haqda «Daryo»ga MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinişiça, 2019 yilning 11 iyunidan 31 dekabriga qadar Toşkent yöllarida ötkazilgan reydda qoidani buzib öz vaqtida jarimalarni tölamagan jami 136 627 nafar qoidabuzar haydovçilar aniqlangan.

Ulardan jami 41 milliard 142 million söm jarima undirilgan. Şuningdek, haydovçilar ixtiyoriy – 60 kun muddatda jarimalarni tölamaganligi oqibatida, MIB 48 071 ta qoidabuzarlardan 15 milliard 979 million söm undirgan.

Bundan taşqari, MIB 2020 yil boşidan 8 553 ta avtomaşinani jarima maydonlariga joylaştirgan.

manba: daryo.uz

×