Rossiyaning yangi boş vaziri Mixail Mişustin Sergey Magnitskiyning ölimi bilan yakunlangan mudhiş jinoyatga aloqador bölişi mumkin. Bu haqda Hermitage Capital Management sarmoya şirkati boş direktori Uilyam Brauder Twitter’dagi sahifasida maʼlum qildi.
Konsalting şirkatida faoliyat yuritgan Sergey Magnitskiy (1972-2009) Rossiya yuqori martabali mansabdorlari tomonidan ğazna puli talon-toroj qilinganini foş etgan.
Uşbu ayblov ortidan, 2008 yilda uning özi soliqdan böyin tovlaşga doir jinoiy iş doirasida qamoqqa olingan. S.Magnitskiy tergov jarayonida «Matrosskaya tişina» qamoqxonasida vafot etgan. Magnitskiyning şubhali ölimi xalqaro maydonda kuçli aks sado bergan. Bir qator Ğarb mamlakatlari, jumladan, AQŞ «Magnitskiy qonuni»ni qabul qilgan. Mazkur hujjat inson huquqlari buzilişiga aloqador rossiyalik amaldorlarga jazo joriy etişni közda tutadi. Rossiya rahbariyati esa mazkur ayblovlarni rad etadi va Sergey Magnitskiyning özi korruptsiyaga aloqador bölganini aytib keladi.
2013 yili bir neça yilga çözilgan «Magnitskiy işi» böyiça sud yiğini bölib ötadi. Mahkamada öşa paytda Federal soliq xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan Mixail Mişustin bergan işonçnoma asosida ikki masʼul xodim qatnaşadi.
Hermitage Capital Management sarmoya şirkati boş direktori Uilyam Brauder iddaosiga köra, M.Mişustin soliq idorasi rahbari sifatida Sergey Magnitskiyga nisbatan töqima ayblovni dastaklaşda qatnaşgan.
«Rossiya hukumati öz siyosiy muxoliflarini taʼqib etiş uçun aynan soliqdan böyin tovlaş kabi töqima ayblovlardan foydalanadi. Soliq idorasi rahbari sifatida u (Mişustin – tahr.) töqima ayblovlarni tasdiqlaşi lozim edi» deydi U.Brauder.
Darvoqe, öşa şov-şuvli jinoiy iş doirasida U.Brauderning özi ham soliqdan böyin tovlaşda ayblanib, sirtdan 9 yil ozodlikdan mahrum etilgan. Mahkama marhum Magnitskiyni oqlaşdan boş tortgan.
Hermitage Capital Management sarmoya şirkati rahbarining ayblovi yuzasidan hozirça na Rossiya hukumati, na Federal soliq xizmati munosabat bildirdi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 15 yanvar kuni prezident Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan davlatçilik islohotlari haqidagi takliflar ortidan Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev isteʼfo berdi. Prezident Putin boş vazirlik lavozimini 2010 yildan buyon Federal soliq xizmatiga rahbarlik qilib kelayotgan 53 yoşli Mixail Mişustinga taklif etdi. Mişustin davlat rahbari taklifini mamnuniyat ila qabul qildi. 16 yanvar kuni Davlat dumasi yangi boş vazir nomzodini bir ovozdan maʼqulladi.









