Şov-şuvli qölga oliniş “köça”larning piariga öynamaydimi?

Şov-şuvli qölga oliniş “köça”larning piariga öynamaydimi?

Bugun, 12-dekabr kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda qatnaşgan QALAMPIR.UZ jurnalisti şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayevga şov-şuvli tarzda qölga olingan, jinoiy guruhlarga aʼzo bölişda gumonlangan şaxslar qöyib yuborilgan taqdirda, bu ular uçun piar vazifasini bajarmaydimi, mazmunidagi savol bilan yuzlandi.

“Deyarli har kuni u yoki bu viloyatda jinoyatçilar qölga olingani haqida maʼlumotni köryapmiz. “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri ançayin şov-şuv bilan ötkazilyapti. Lekin tarmoqlarda vahima bilan qölga olinganlarning köpçiligi qöyib yuboriladi, degan gaplar ham yöq emas. Nima uçun qölga olinganlar boşqalarga qaraganda "ovoza" bilan [içkariga] olib kirildi va ular qöyib yuborilgan taqdirda bu piar vazifasini bajarmaydimi hamda odamlarning içki işlar organlariga nisbatan işonçini pasaytirmaydimi?", deya savol berdi jurnalist Feruza Najmiddinova.

IIBB boşliğining birinçi örinbosari esa qölga olinganlar qöyib yuborilmasligiga yetarliça işonç hosil qilinganidan keyingina ular uşlanganini aytdi va ularni uyuşgan jinoyatçilikda ayblaş böyiça dalillar mavjudligini taʼkidladi.

“Bu oylar va yillar davomida işlab kelingan, nazoratga olingan narsalar. Nimaga yillar, nimaga oylar? Biz hammasiga kerakli, yetarli dalillar topganimizdan keyin bu tadbirlarni amalga oşirganmiz. 
Bugungi kunda uşbu tadbirlarni amalga oşirişda qanaqadir dalillarimiz yetmasligi yoki qayerdadir kamçilikka yöl qöyib qöyişimizni, siz aytganingizdek, kimdir çiqib ketib qolişini... Töğri, bunga avvalo tergov bilan sud baho beradi, lekin biz ham protsessual qoidalarni bilamiz. Biz ham jinoyat klassifikatsiyalarini tuşunamiz. Va bu yerga kelgan, hozirgi asosiy familiyalari tilga olingan şaxslar – uyuşgan guruh. Mana deyarli 11-kun işlayotgan bölsak, bularni uyuşgan guruh tartibida harakatlangan, deb qörqmasdan ayta olamiz. Sababi, keça tergovçilar tomonidan qöşimça dalillarga asosan bir qator şaxslarning uyuşgan jinoyatçilik tartibida harakatlangani maʼlum böldi”, deydi Toşxöjayev.

Eslatib ötamiz, Doniyor Toşxöjayev qölga olinganlarning amaldorlar bilan aloqalari haqida hozirça maʼlumot yöqligini aytgandi. Şuningdek, u içki işlar organlari xodimlari va tumanlardagi “kriminal avtoritet”lar yoki “smotryaşçiy”lar orasida qandaydir boğliqlik holatlari aniqlangan taqdirda, IIO xodimlari ayab ötirilmasdan jazolanişini taʼkidladi.


×