Yerning yadrosi töxtab qoldi. Olimlar şov-şuvli bayonot berişdi

Yerning yadrosi töxtab qoldi. Olimlar şov-şuvli bayonot berişdi

«Yerning içki yadrosi töxtagan, hatto teskari aylanayotganga öxşaydi. Yirik zilzilalardan keyingi seysmik tahlillar bunga dalil». Xitoylik olimlarning şu hafta nufuzli Nature Geoscience jurnalida çop etilgan tadqiqoti natijalari jahon fan olamida qizğin bahslarni uyğotdi.

Içkarida nima gap?

Ötgan asr 90-yillari örtalarida olimlar Yerning kattaligi Oyga teng içki yadrosi — qaynoq temir şar öz issiği natijasida sayyoramizning sirtqi qobiğiga qaraganda tezroq aylanişini aniqlaşgandi. Pekin universiteti geologi Syaodun Sun boşçiligida ötkazilgan yangi tadqiqotga köra esa, taxminan 2009 yilda yadro aylanişi sekinlaşib, hatto töxtagan, bu ham kamdek, teskari aylanişni boşlagan.

Yadro töğrisidagi maʼlumotlar har xil yöllar bilan olinadi, xitoylik olimlar esa zilzilalar keltirib çiqaruvçi seysmik tölqinlar maʼlumotlariga tayanişdi. Tadqiqot atrofidagi bahslar qaynoqlik bobida yadroning özidan qolişmayotganiga aslida sabab ham şu.

Olis koinotga intilayotgan insoniyat oyoğining ostida nimalar bölayotganidan bexabar. Masalan, Yer yadrosi haqida maʼlumotlar juda oz. Jyul Vernning fantastik asarida Yer markaziga sayohat qilgan odam bolasi haqiqiy hayotda buning uçun jismonan va ilman ojiz, hozirça.

Qaynoq şar şaklidagi temir-nikel yadroga yetiş uçun 2 900 kilometr içkarilaş kerak. Uning yuzasida harorat Tselsiy böyiça 6 000 daraja qaynoq, yadro markazidagi bosim esa taxminan 4 mln atmosfera. Geologlar içki yadrodan ajralgan energiya suyuqlikni elektr toklari hosil qilib, taşqi qatlam bilan birga harakatlanişga majbur qiladi, deb hisoblaşadi. Elektr toklari, öz navbatida, magnit maydonini hosil qilib, sayyoramizni fazodan keluvçi vayronkor nurlarlardan himoyalaydi.

Xitoylik olimlar dubletlar — «qöşaloq zilzilalar»ning yozib olingan signallarini örganişdi. Dubletlarning seysmik tölqinlari umumiy epitsentrdan tarqalib, deyarli bir xil tebranişlar hosil qiladi. Farqi — vaqti, şu bois signallar içki yadroning turli qismlaridan ötadi. Bu esa yadro çindan ham aylanayotganini isbotlaydi. Biroq 2009 yildan boşlab bu farqlar kuzatilmay qöydi...

Şundan kelib çiqib, xitoylik olimlar (2009 yilda) yadro töxtagan, deyişmoqda. Undan ham ajablanarlisi, yillar ötib olingan maʼlumotlar yadro mutlaqo teskari tomonga aylanişni boşlaganini körsatmoqda...

Xitoylik tadqiqotçilarning taxminlariga köra, yadroning aylaniş davriyligi jami 70 yil bölib, har 35 yilda yönalişini özgartiradi. Tadqiqot natijalari albatta juda qiziq, biroq yagona töxtam uçun yetarlimi?. Yer yadrosini örganiş öta muhim, heç bölmaganda, yerdagi magnetizm tabiatini tuşuniş uçun ham kerak, bekorga bir asr muqaddam Eynşteyn buni fizikaning beşta eng asosiy jumboğidan biri demagandi.

«Xitoyliklar bu natijalarnga Yerning seysmik holatini öta sinçiklab örganib erişişdi. Biroq özlari ham ikkilanişyapti, «ehtimol» sifatida taqdim etişyapti. Ehtimol ular bu xususiyatni «paypaslab körişgan», sezişgandir, biroq içki yadroning taşqi qobiqqa nisbatan aylanişini bu taxlitda (qöş zilzilalar signallari yordamida) aniqlaş öta işonçli deyişga töliq jurʼat etişmayapti», — dedi Moskva davlat universiteti geologiya fakulteti professori, geologiya-mineralogiya fanlari doktori Roman Veselovskiy.

Yer yadrosi töxtagani rostmi? Yer yuzasidagi jarayonlarga, xususan, iqlim özgarişlariga taʼsiri qanday? Xitoylik olimlar yaxşi mavzuni oçişdi. «Töxtab qolgan yoki teskari aylanayotgan yadro» atrofidagi ilmiy mubohasalar davom etadi.


×