2018 yilgi saylovga nomzodini qöygaç Rossiya prezidenti Vladimir Putin boşqa avtoritar qöşnilaridan örnak olib, umrining oxirigaça prezidentlik qilmoqçi ekanligi borasida taassurot uyğongandi. 2024-2030 yillarda yana Medvedev bilan rokirovka orqali, yoki şunçaki çeklovni olib taşlagan holda.
Biroq Qozoğistonda 2019 yil bahorida Nursulton Nazarboyevning prezidentlikdan ketişi va baribir davlat oliy boşqaruvida qolişi Rossiyada ham boşqa yöllar borasidagi masalani kötardi. Yaʼni, Putin baribir avtoritar qöşnilaridan birining yölini tutişi mumkin, u esa öz navbatida boşqa avtoritar qöşnisidagi holatdan xulosa sifatida şunday qilgan edi.
Bu orada Belarus bilan ittifoq-davlatni mustahkamlaş va Putin uşbu tuzilmaning rahbari sifatida hokimiyatda qolişi varianti ham katta muhokamalarga sabab böldi. Belarusdagi namoyişlar va Lukaşenkoning suverenitet töğrisidagi bayonotlaridan keyin bu variant röyxatdan öçdi.
2019 yil dekabridagi matbuot anjumanida Putin ilk marta ançadan buyon tor doiralarda muhokama qilinayotgan konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş masalasini gapirdi. 2020 yil yanvarida esa parlamentga murojaatida aynan qanday özgarişlar kutilayotganini eʼlon qildi.
Taklif qilingan eng asosiy özgarişlardan biri - öşa matbuot anjumanida aytilgan "bir kişi prezidentlikka ketma-ket ikki martadan ortiq saylanişi mumkin emas" jumlasidan "ketma-ket" sözini olib taşlaş. Yaʼni, agar özgarişlar amalga oşsa, bir kişi har qanaqasiga ikki muddatdan ortiq prezident bölolmaydi.
Tahlilçilar bu Putin prezidentlikdan ketişga qaror qilganini bildirişini aytmoqda. Aks holda şunçaki prezidentlikka saylaniş böyiça çeklovlarni olib taşlaş taklif qilinişi kifoya edi. Putin faqat prezidentlikdan ketmoqçi, davlat boşqaruvidan emas. Buni taklif qilingan boşqa özgarişlardan biliş mumkin.
Masalan, prezident tomonidan tayinlangan gubernatorlarning prezident boşçiligidagi yiğilişi bölgan Davlat kengaşini konstitutsiyaviy organga aylantiriş taklif qilindi. Putin aynan şu organda rahbarlikni saqlagan holda davlat boşqaruvidagi iştirokini davom ettiraverişi mumkin.
Ammo bu variantlardan biri xolos. Töliq Qozoğiston senariysi böyiça harakatlanib, Xavfsizlik kengaşiga rahbar bölişi ham mumkin. Şuningdek, prezidentning baʼzi vakolatlari parlamentga ötkazilayotgani parlamentni kuçaytiriş uçun emas, keyingi prezidentni tiyib turiş uçun kengroq imkoniyat oçişga qaratilgan.
Jumladan, parlament endi şunçaki boş vazir nomzodini maʼqullaşi emas, balki uni va butun hukumat tarkibini tasdiqlaşi taklif qilindi. Prezident esa tasdiqlangan hukumatni maʼqullaşga majbur böladi. Putin prezidentlikdan ketganidan keyin "Yedinaya Rossiya" rahbarligiga qaytişi rejalaştirilayotgani va hukumat tarkibini hukmron partiya tavsiya qilişi inobatga olinsa, bu boradagi riçag ham saqlanib qoladi.
Xullas, bir tarafdan Rossiyada boşqa avtoritar qöşnilariga unçalik öxşamaçligi xalq tomonidan hukumatga yetarliça bosim borligi tufayli konstitutsiyani şunçaki buzib bölmasligi körinmoqda.
Ikkinçi tarafdan, Rossiyada ham rahbar özi hokimiyatda qolişi uçun öşa qöşnilaridan örnak olib bemalol konstitutsiyani özgartirişga urinmoqda.
Manba: azon.uz









