Rossiyada işlaş davrida xalqaro terroristlar taʼsiriga tuşib, ularning ğoyalarini öz yaqinlariga tarqatganlikda gumonlanayotgan bir qança fuqaro qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Bildirilişiça, 1975 yilda Şahrisabz tumanida tuğilgan Q.Ğ. 2017-2020 yillarda Rossiya Federatsiyasida işlaşi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodçilar” diniy ekstremistik oqimi (DEO) aʼzolari taʼsiriga tuşib, ularni qöllab-quvvatlagan. Doimiy yaşaş manziliga qaytib kelganidan keyin, öz atrofidagilarga uşbu oqim ğoyalarini tarğib qilgan va 6 kişidan iborat noqonuniy guruh taşkil etgan.
Qayd etilişiça, boşqa holatda esa 1995 yilda Kasbi tumanida tuğilgan T.M. 2016-2021 yillarda mehnat migranti sifatida Moskva şahrida bölgan davrida diniy-ekstremistik va aqidaparstlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni körib, ekstremistik oqim tarafdorlari taʼsiriga tuşib qolgan. Doimiy yaşaş manziliga qaytganidan keyin, ekstremistik mazmundagi materiallarini yaqin tanişlariga tarğib qilişni boşlagan. Şuningdek, u kelgusida uylanganidan söng, turmuş örtoği bilan birga Suriyadagi terroristik taşkilotlar safiga borib qöşilişni rejalaştirgan.
Bundan taşqari, Mirişkor tumanida yaşovçi, 1996 y.t. T.J. Telegram messenjerida profil oçib, u orqali DEO aʼzolari tomonidan tayyorlanib, xalqaro internet tarmoğiga joylaştirilgan aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni virtual guruhdagi döstlariga tarqatgan hamda ular bilan özaro muhokama qilgan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işlari doirasida, ularning boşqa aloqalarini aniqlaş böyiça ham tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.









