Dunyodagi eng qimmat brendlar nomi maʼlum qilindi

Dunyodagi eng qimmat brendlar nomi maʼlum qilindi

Reytingda dunyoning top-20 brendlari sanab ötildi. Sönggi bir neça yil davomida moliyaviy bozorlarda sezilarni darajada özgarişlar kuzatilgan bölsa-da, dunyo brendlari barqaror ösib borişda davom etdi.

Dunyo böyiça 2022 yilda Best Global Brands’ning örtaça brend qiymati 3 trillion dollardan oşdi.

Bu haqda Interbrand sayti habar berdi.

Qayd etilişiça, 2022 yil brendlar qiymatining eng tez ösişi kuzatildi. Bu öz navbatida kompaniya brendining iqtisodiy muvaffaqiyatiga qöşgan hissasini körsatdi. Sönggi bir neça yil içida moliyaviy bozorlarda sezilarli tebranişlar kuzatilgan bölsa-da, dunyodagi eng kuçli brendlarning qiymati barqaror ravişda ösib bordi.

Apple dunyo böyiça (top-20) reytingida yetakçilik qilmoqda.

1. Apple — 482,2 milliard dollar;

2. Microsoft — 278,3 milliard dollar;

3. Amazon — 274,8 milliard dollar;

4. Google — 251,75 milliard dollar;

5. Samsung — 87,7 milliard dollar;

6. Toyota — 59,76 milliard dollar;

7. Coca-Cola — 57,5 milliard dollar;

8. Mercedes-Benz — 56,1 milliard dollar;

9. Disney — 50,3 milliard dollar;

10. Nike — 50,29 milliard dollar;

11. McDonald’s — 48,6 milliard dollar;

12. Tesla — 48 milliard dollar;

13. BMW — 46,3 milliard dollar;

14. Louis Vuitton — 44,5 milliard dollar;

15. Cisco — 41,3 milliard dollar;

16. Instagram — 36,5 milliard dollar;

17. Facebook — 34,5 milliard dollar;

18. IBM — 34,2 milliard dollar;

19. Intel — 32,9 milliard dollar;

20. SAP — 31,5milliard dollar.

Şuningdek, eng yaxşi önta brendda eksponentsial ösişni va "super liga" paydo bölişini köriş mumkin. Ajoyib tajriba va kuçli yaxlitlikka asoslangan uşbu kompaniyalar mijozlar hayotidagi uluşini, brend qiymati va bozor kapitallaşuvini oşirib, bir neça yönalişda harakat qilmoqda.


×