Ertalab ezgu niyatlar bilan köçaga çiqarkansiz, turfa odamlarni uçratasiz, yöllarni töldirib ötayotgan transport vositalariga közingiz tuşadi. Odamlarning samimiy va xuşmuomalaligini körib quvonsangiz, ayrim haydovçilarning avtomaşinalariga yopiştirib olgan milliy madaniyatimizga xos bölmagan yozuv va belgilarni körib taʼbingiz xira tortadi. Hatto yöl harakati qoidalarining tegişli bandiga binoan, bunday xatti-harakatni sodir etgan şaxslarga nisbatan javobgarlik belgilanganiga qaramasdan, ayrim fuqarolarimiz tomonidan hamon qoidabuzarlik sodir etilmoqda.
Yaqinda ana şunday holatlarning bir neçtasiga guvoh bölib, quyida ularning tafsiloti bilan taniştirişni joiz deb topdik. Zora, bu saʼy-harakatlarimiz özining ijobiy samarasini berib, boşqa haydovçilar töğri xulosa çiqarsa.
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida harakatlanib kelayotgan «Neksiya» rusumli avtomaşinaning orqa tomonidagi «Ya xuligan» degan yozuvni körib, kulişni ham, kuyişni ham bilmay qoldik. Çunki bu jumla özbekçada «Men bezoriman» degan maʼnoni bildiradi. Nahotki, avtomaşina egasi özining mana şunday «isteʼdod» sohibi ekanligini barçaga namoyon etişni xohlayotgan bölsa... Uning nima maqsadda bunday qilgani bizga qoronği. Lekin mazkur jarayonga guvoh bölgan har qanday kişi uşbu maşina egasining maʼnaviy qiyofasi qay darajada ekanligini anglab yetişi qiyin emas.
Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi markaziy köçalarning birida harakatlanayotgan «Neksiya»ning orqa tomoniga bitilgan «Kak xoçu, tak yedu», yaʼni «Qanday xohlasam, şunday yuraman» degan iddaoni körgan kişining bir nima deyişi muşkul. Fahmimizça, mazkur avtomaşina egasi uçun haydovçilar amal qilişi kerak bölgan yöl qoidalarining mutlaqo ahamiyati bölmasa kerak...
Bundan ham açinarlisi, Sirğali tumani hududidagi katta köçada harakatlanib ketayotgan «Matiz» rusumli avtoulovni körib çuqur öyga toldik. Sababi mazkur maşinaning orqa eşigi yoniga narkotik modda hisoblangan «naşa» ösimligi yaproğining surati yopiştirilgan edi. Bu holatni qanday izohlaş mumkin? Avtomobil egasi odamlarni giyohvandlikka çorlayaptimi? Yoki boşqa maqsadi bormikan? Qanday tuşunişni ham bilmaysan, kişi... Nima bölganda ham, soğlom fikrli inson heç qaçon bu kabi maʼnaviyatimizga mutlaqo zid xatti-harakatni sodir etişni öziga ep körmaydi. Axir, biz dunyo tamaddunining tamal toşini qöygan buyuk ajdodlarning avlodlarimiz. Boşqa xalqlar havas bilan qaraydigan yurtning farzandlariga bu kabi nomaqbul işlarni qiliş yaraşarmikan?! Agar vatandoşlarimiz bunday madaniyatsizlikka qöl ursa, boşqalardan nimani kutiş mumkin. Undan köra, ana şu insonlar yoşlarning qiziqişi yanada ortişiga xizmat qiladigan kitoblarni tarğib qilib, ularning barkamol avlod bölib yetişiga öz hissasini qöşgani maqbul emasmi?!
Nafsilamrini aytganda, bizning saʼy-harakatlarimizga qarab, öz kelajagini qurayotgan yoşlarimizga munosib namuna bölaylik! Ular bizdan-da kuçli, bilimli, aqlli va, albatta, baxtli bölişiga xizmat qilaylik.
Mixli SAFAROV,
«Postda» muxbiri.









