Endilikda Toşkent şahridagi boğlar va parklar 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Toşkent şahrida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida keltirilgan.
Qarorga muvofiq, Toşkent şahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraktsionlardan holi bölgan jamoat istirohat boği hamda har bir tumanda kiçik yaşil istirohat boğlari taşkil etiladi.
Qarorda jamoat boği va kiçik yaşil boğlarni taşkil etiş işlariga Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev biriktirilgan. U uç oy davomida, xalqaro ekspertlar, meʼmorlar va dizaynerlarni jalb qilgan holda, jamoat boği va kiçik yaşil boğlarni quriş kontseptsiyasini işlab çiqişi kerak.
Şuningdek, hokim jamoatçilik boği tuzilişi haqidagi aholining fikrini biliş uçun jamoatçilik fikrini, taşkiliy masalalarni örganişni taʼminlaşi va takliflar beriş uçun jamoat boği va kiçik yaşil boğlarni taşkil etiş imkoniyati bölgan hududlarni aniqlaşi lozim.
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi poytaxtda 24 soat davomida işlaydigan parklarda jamoat xavfsizligini taʼminlaş böyiça majburiy talablarni belgilaydi.









