Toşkent şahar Şayxontohur tumanida joylaşgan masjidda fuqaroning kurtkasidagi 5 400 dollarini öğirlagan şaxs uşlandi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
Qayd etilişiça, Şayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tuşgan xabarga köra, 6 dekabr kuni taxminan soat 15:25 da nomaʼlum şaxs masjidda böla turib 38 yoşli Rahmatullaxöja A.ga tegişli bölgan kurtka çöntagidan 5 400 AQŞ dollarini öğirlab ketgan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (öğrilik) böyiça jinoiy iş qözğatildi.
Körilgan çoralar natijasida gumonlanuvçi – muqaddam sudlangan 36 yoşli Otabek N. qölga olindi. Tergov davom etmoqda.
Avvalroq Oloy bozoridagi dökondan 50 mln sömlik zargarlik buyumlarini öğirlagan yigitlar, Bekobodda 7,5 mln sömlik poliz ekinlarini öğirlagan şaxslar hamda Navoiyda mahalladoşlarining çorva mollarini öğirlagan uç tadbirkor qölga olingani haqida xabar berilgandi.









