Bugun, 22 oktyabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida bölib ötayotgan UFC 280 turniri doirasida özbekictonlik jangçi Mahmud Murodov braziliyalik Kayo Borraloga qarşi oktagonga kötarildi.
Birinçi raundni braziliyalik jangçi faolik bilan boşladi. Kayo Murodovni parterga yotqizib, jangni muddatidan avval yakunlaşga harakat qildi. Ammo özbekistonlik jangçi qiyinçilik bilan bölsa-da, vaziyatda çiqib ketdi. Dastlabki raund oxirida Murodov bir neçta zarba yöllaşga erişdi.
Ikkinçi raund biroz ehtiyotkor harakatlar bilan boşlandi. Biroq Mahmud parterda ustunlikni yana bir bor berib qöydi. Mahmud özi uçun noqulay vaziyatdan bir amallab çiqdi. Şundan söng, Mahmud parterda ustunlikni qölga oldi. Ammo özbekistonlik jangçi parterdan köra, “stoykada” yaxşi harakat qiladi.
Hal qiluvçi uçinçi raundda ikki tomon ham bor imkoniyatlarini işga soldi. Kayo Murodovning böyniga intilişdan töxtamadi. Ammo bu safar ham özbekistonlik sportçi qiyin vaziyatdan çiqib ketdi. Qançalik harakat qilmasin Mahmud bu jangni boy berdi. Barça hakamlar Kayo Borraloning ğalabasini qayd etdi.
Maʼlumot uçun, Borraloga qarşi janggaça Murodov MMA'da 32 ta jang ötkazib, 25 ta ğalaba va 7 ta mağlubiyat qayd etgan. Murodovning UFC'dagi natijasi 3 ta ğalaba va 1 ta mağlubiyatni taşkil qiladi.









