Özbekistonda keçadan yoğa boşlagan qor sababli bugun, 13 yanvar kuni yöllar muzladi, köçalarda harakatlaniş qiyinlaşdi. Bunday ob-havo şaroiti yöl-transport hodisalarining köpayişiga ham sabab bölişi mumkin. Şu sababdan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi haydovçilarga noqulay ob-havo şaroitida ehtiyotkorlik çoralarini kuçaytiriş lozimligi haqida murojaat yölladi.
Qayd etilişiça, respublika hududida ob-havo şaroitining keskin özgarişi, qor yoqişi va avtomobil yöllarida muzlamalar hosil bölişi, avtomobil yöllarida harakat qatnaşçilari uçun bir qator noqulayliklar keltirib çiqarişi, yöl-transport hodisalari sodir etilişiga sabab bölişi mumkin.
Şuni inobatga olgan holda, Içki işlar vazirligi YHXBB haydovçilardan transport vositasini boşqariş paytida, ayniqsa, dovon yöllarida harakatlanişda murakkab ob-havo şaroitini hisobga olişni, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmaslikni, zarurat bölmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yölni kesib ötişda öta huşyor bölişni, kattalardan yöllarda bolalarning harakatini nazoratga olişni söragan.
Sunnatilla Abdullayev









