DYHXX “tonirovka” masalasida haydovçilarni ogohlantirdi

DYHXX “tonirovka” masalasida haydovçilarni ogohlantirdi

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati “tonirovka” uçun tölovlar bir neça marotaba arzonlaştirilib, qulaylik yaratilganiga qaramay, mavjud tartiblarni buzayotgan haydovçilar uçratganini maʼlum qildi. Şu sababdanDYHXX haydovçilarni ogohlantirdi.

“Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi 646-son qarori talablari asosida oynalarining tusi özgartirilgan köplab transport vositalari köçalarimizda közga taşlanmoqda. Yaratilgan bunday qulaylikdan transport vositalari haydovçilari, şu jumladan respublika hududiga taşrif buyurayotgan sayyohlar mamnun bölişmoqda.

Töğri, avvallari transport vositalarining orqa va orqa yon oynalarining tusini özgartiriş ança qimmat edi, yaʼni 18 million 245 ming 700 sömni taşkil etardi.

Fuqarolarning taklif va istaklari inobatga olinib, ularga qulaylik yaratiş maqsadida orqa oynalar tusini çeklanmagan miqdorda tölovsiz qoraytirişga ruxsat berildi.

Orqa yon oynalarining tusini ham çeklovsiz özgartiriş ruxsatnoma asosida 2 million 223 ming sömga amalga oşirilişi belgilandi.

Xattoki, qaror bilan old yon oynalarning tusini ham yoruğlik ötkazuvçanligi 50 foizdan kam bölmagan darajada özgartirişga ruxsat berildi. Orqa va orqa yon oynalarning tusini özgartiriş(qoraytiriş)ga ruxsatnoma oliş uçun tölovlar narxlari ham sezilarli darajada pasaytirildi va 11 million 150 ming söm qilib belgilandi.

Şuningdek uşbu qaror bilan DYHXX bölinmalarida oynalarning tusuni özgartirganlik uçun ruxsatnoma va maxsus galogrammalar berilmoqda.

Şunga qaramay ming afsuslar bölsinki, transport vositalari oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş)ning tartiblarini buzayotgan, bu talablarni mensimayotgan yoki unga amal qilmayotgan haydovçilar ham bor.

Masalan, faqatgina orqa va orqa yon oynalarning çeklovsiz qoraytiriş belgilangan bölsada, ayrim haydovçilar transport vositaslarining old yon oynalari tusini ham çeksiz darajada qoraytirib olişmoqda va bu bilan qaror talablarini qöpol ravişda buzmoqdalar.

Eng açinarlisi ayrim haydovçilar amaldagi qonun va qaror talablarini mensimasdan, heç qanday ruxsatnomalar olmagan holda transport vositalari oynalarining tusini özgartirib(qoraytirib) olişmoqda.

Qoidalar behudaga işlab çiqilmaydi. Şunday ekan, har bir harakat iştirokçisi yaratilgan şaroitlardan töğri foydalanişi şart. Aks holda qoidabuzarlik uçun jazo muqarrardir.

Eslatib ötiş joizki, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 126-moddasi şunday deyiladi:

“Texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi şuningdek haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş, bundan belgilangan tartibda oynalarni qoraytiriş uçun tegişli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi. 

Bu 5 million 68 ming 250 sömni taşkil etadi.

Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi. 

Bu 8 million 109 ming 200 sömni  taşkil etadi. 

Bundan taşqari, transport vositasi kamçiliklari bartaraf etilgunga qadar vaqtinçalik jarima maydoniga qöyiladi.

Albatta, yuqorida aytib ötilganlardan transport vositalari oynalarining tusini qaror talablariga zid ravişda özgartirib (qoraytirib) yurgan haydovçilar töğri xulosa çiqarişadi. 

Eng muhimi transport vositalari oynalarining tusini özgartiriş(qoraytiriş)ni niyat qilgan har bir haydovçidan, u hoh jismoniy, hoh yuridik maqomga ega bölişidan qatʼiy nazar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori talablari asosida iş yuritişi lozim. 

Haydovçilardan transport vositalari oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş) işlarini qaror talablari asosida, joriy etilgan ruxsatnoma va maxsus galogrammalarni öz vaqtida rasmiylaştirgandan söng amalga oşirişlarini sörab qolamiz”, deyiladi DYHXX Matbuot xizmati bayonotida.Sunnatilla Abdullayev

×