Çiroqçida jarimaga tortilgan YPX xodimining mast bölgani tasdiqlanmadi, haydovçi esa tuhmatda ayblandi

Çiroqçida jarimaga tortilgan YPX xodimining mast bölgani tasdiqlanmadi, haydovçi esa tuhmatda ayblandi

1 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida yöl harakati qoidalarini buzgani uçun jarimaga tortilgan YPX katta inspektori Nasibali Yarmatov mast holda bölgani haqidagi gumonlar tasdiqlanmadi.

Içki işlar vazirligi YHXBBdan maʼlum qilişlariça, şu kunning özida viloyat narkologiya dispanserida ötkazilgan tibbiy tekşiruv natijasida xodimning huşyor holda ekani aniqlangan.

Boş boşqarma avvalroq viloyat IIB tomonidan berilgan axborotni tasdiqlab, baʼzi qöşimça maʼlumotlarni keltirib ötdi.

«11 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyati IIB YHX boşqarmasi YPX bataloni 2-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori, katta serjant N.Yarmatov soat taxminan 14:20larda Çiroqçi tumanidagi «Mikrokreditbank» röparasida örnatilgan 3.27 yöl belgisi talablariga amal qilmasdan töxtab turgan «Labo» rusumli (davlat raqami 70 J 787 OA) avtomobil haydovçisi Şohrux Nurimovdan hujjatlarni taqdim etişni söragan.

Haydovçi avtomobilni tegişli hujjatlarsiz boşqarib yurganini maʼlum qilgan. Xodim uşbu qoidabuzarlik böyiça haydovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirgan va transport vositasi vaqtinçalik jarima maydonçasiga qöyilgan.

Uşbu avtomobilni jarima maydoniga olib ketiş vaqtida inspektorning «Spark» rusumli (davlat raqami 70 G 878 OA) şaxsiy avtomobili majburiy töxtaş çiroqlari yoqilgan holda «Mikrokreditbank» röparasida örnatilgan 3.27 yöl belgisi taʼsir doirasida qolgan.

Haydovçi Ş.Nurimov qoidabuzarligi uçun jazolanganidan jahllanib, Mustaqillik köçasiga qaytib kelgan va inspektorning avtomobilini körib, unga çora köriş kerak, deb töplangan olomonga murojaat qilgan va xodim şaʼniga har xil tuhmat gaplar yoğdirgan.

Çiroqçi tumani IIO FMB YHHB boşliği kapitan F.Yangiboyev katta serjant N.Yarmatovga «Yöl harakati qoidalari»ning 92-bandi talablarini buzgani uçun maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirgan.

Serjant N.Yarmatov «Spark» rusumli avtomobilning majburiy töxtaş çiroqlarini yoqib qoldirganligi uçun akkumlyator quvvati tugagani sababli uşbu avtomobil evakuatorga ortib ketilgan.

Şuningdek, töplangan odamlar YPX inspektorini spirtli içimlik içganlikda ayblab, videotasvirga olgan.

11 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyati narkologiya dispanseri tomonidan serjant N.Yarmatovning mastlik holatini aniqlaş böyiça tibbiy tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruv natijasiga köra N.Yarmatov huşyor holda ekanligi aniqlangan», – deyiladi respublika YHXBB bildirişida.

Holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB tomonidan tekşiruv işlari ketmoqda.

×