Surxondaryoda Damas'da 12 ta yölovçi olib ketayotgan haydovçi jarimaga tortildi

Surxondaryoda Damas'da 12 ta yölovçi olib ketayotgan haydovçi jarimaga tortildi

Qayd etilişiça, Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududidan ötgan M-39 avtomobil yölining 1441-kilometrida YPX xodimi tomonidan töxtatilgan Damas avtomaşinasida haydovçi 12 ta yölovçi bilan ketayotganligi aniqlangan.

«OAVda köryapsizmi nima holatlar bölyapti, YTHlar qanday oqibatlarga olib kelyapti? Xudo körsatmasin, hozir bitta holat bölsa, 13 ta odamning hayoti xavf ostida qoladi. Şaxsiy manfaatni öylab, odamlar hayotini xavf ostiga qöyiş kerak emas», – deya haydovçiga tanbeh bergan YPX xodimi.

Haydovçiga nisbatan belgilangan tartibda çora körilgan.

Avvalroq Surxondaryoda 21 kişini avtomobil yukxonasida olib ketayotgan haydovçiga va Changan avtomaşinasi yukxonasida 35 kişini olib ketayotgan haydovçiga nisbatan çora körilgani xabar qilingandi.

×