Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Milliy boğidagi quriliş jarayonlari bilan tanişdi

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Milliy boğidagi quriliş jarayonlari bilan tanişdi

Birinçi bosqiçda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, köngiloçar öyingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boğida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat boği barpo etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentyabrdagi qarori asosida bunyodkorlik işlari ikki bosqiçda amalga oşirilmoqda. Birinçi bosqiçda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, köngiloçar öyingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinçi bosqiçda 12 gektar huddudda mavzuli park, bolalar uçun avtodrom va attraktsionlar, akvapark bunyod etiladi. Şuningdek, kafe va restoranlar, savdo dökonlari taşkil qilinadi. Havo musaffoligini taʼminlaş maqsadida kaştan, qarağay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi. Istirohat boği töliq modernizatsiya qilingaç, bir kunda 10 ming kişigaça xizmat körsatiş imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq çiqarişini taʼminlaş bilan birga Toşkent şahrining turistik jozibadorligini ham oşiradi. Davlat rahbari istirohat boğining yil davomida işlaşini taʼminlaş, odamlar oilaviy dam olişi uçun keng imkoniyat yaratiş böyiça körsatmalar berdi. Boğda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi şaharlaridagi qadimiy obidalar maketini örnatib, yoşlar va sayyohlarning Özbekiston tarixiga qiziqişini oşiriş muhimligi taʼkidlandi. Şu yerda Toşkent şahri tumanlari hokimlari bilan muloqot böldi.

×