Şavkat Mirziyoyev «Hilton» mehmonxonasidagi davlat rahbarlariga möljallangan nomerlar bilan tanişdi (foto)

Şavkat Mirziyoyev «Hilton» mehmonxonasidagi davlat rahbarlariga möljallangan nomerlar bilan tanişdi (foto)

Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk obʼektlari - Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi qurib bitkazildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni uşbu inşootlarni kelib kördi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Kongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bölib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar ötkaziş uçun barça şaroit yaratilgan. Birinçi qavat markazida 3,5 ming iştirokçiga möljallangan konferentsiyalar zali bor. Zaruratga qarab, u ikki yoki törtga bölinişi ham mumkin.

Xalqaro sammitlar vaqtida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziş uçun xonalar, restoran, kiçik kontsert zali, dam oliş joylari mehmonlarga keng qulaylik yaratadi. Ikkinçi qavatda qöşimça zallar joylaşgan.

Davlatimiz rahbari Kongress xollning har bir zalini kirib kördi.

Beş yulduzli «Hilton» mehmonxonasi nafaqat uşbu markaz, balki butun poytaxtimizga körk böldi. 21 qavatli binoda 258 ta nomer mavjud. Şulardan 8 tasi davlat rahbarlari uçun möljallangan. Pardozlaş va jihozlaşda issiq ranglar köp qöllanilgani kişiga xuş kayfiyat bağişlaydi. Barça zamonaviy mehmonxonalarda bölganidek, otelda bir neçta restoran, basseyn, sport zal, spa va boşqa salonlar bor. Xizmatlar turi köp, sifati yuqori darajada.

Şavkat Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi, hudud markazidagi xiyobonni közdan keçirdi.

×