Özbekiston Içki işlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 7 yanvar kuni Toşkent şahrida ötkazilgan tadbirlar natijasida faoliyati Özbekistonda taqiqlangan «Jihodçilar» diniy-ekstremistik oqimining bir guruh aʼzolari qölga olindi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş boş boşqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, uşbu şaxslar Özbekiston hududida Suriyada panoh topgan terroristik uyuşma aʼzolarining topşiriqlarini bajarib kelgan. Ular aholi orasida qonunga xilof ravişda tarğibot olib borib, «Jihodçilar» diniy-ekstremistik oqimining ğoyalarini tarqatgan hamda şu yöl bilan saflarini kengaytirişga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

Şuningdek, ular Özbekistondagi yoşlar orasida özlarining aqidaparastlik ğoyalarini singdirib, Suriya hududidagi xalqaro terrorçilik taşkilotlarining safiga qöşilib, jinoyat sodir etişga daʼvat qilgan. Taʼkidlanişiça, uşlangan şaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va protsessual tartibda olib qöyilgan.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.
«Fuqarolarimiz, ayniqsa yoşlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilişlariga yöl qöymaslik maqsadida buzğunçi ğoyalar taʼsiriga tuşib, ijtimoiy tarmoqlarning şubhali saytlaridagi daʼvatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvçi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini söraymiz», — deyiladi vazirlik xabarida.
Maʼlumot uçun, Özbekiston Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan «Jihodçilar» diniy-ekstremistik oqimi Özbekiston hududida taqiqlangan taşkilotlar röyxatiga kiritilgan. Avvalroq, 2019 yilning 23 oktyabr kuni ham Toşkent şahrida mazkur oqimning bir guruh aʼzolari qölga olingan edi.









