"Ozodlik"ning navbatdagi iğvosi: Mingbuloqda nima bölgan edi?

"Ozodlik"ning navbatdagi iğvosi: Mingbuloqda nima bölgan edi?

2019 yilning 11 iyul sanasida “Ozodlik” saytida eʼlon qilingan “Andijondagiga öxşagan “uy operatsiyasi” bir yil avval Namanganda ham ötkazilgani maʼlum böldi” nomli material eʼlon qilindi.

Heç qanday huquqiy asos, faktlarga ega bölmagan, böhton, ğiybat va iğvolarga qorişilgan uşbu “maqola” yuzasidan Mingbuloq tumani hokimligi öz munosabatini bildirdi. Unda jumladan şunday deyiladi:

Xalq roziligi va aholi turmuş farovonligi ustuvorligida Özbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni yolğonga çiqarişga, mahalliy hokimiyatlarning joylarda aholining muammolarini hal etiş borasida olib borayotgan harakatlarini salbiy talqinda yoritişga urinilgan bu maqolada Namangan viloyat, Mingbuloq tumanida 2018 yilning avgustida 7 nogironga tantanali topşirilgan yangi uy kalitlari tadbirdan söng olib qöyilgani, nogironlar esa hokimiyat balansidagi şaroitsiz eski uylarga joylaştirilgani taʼkidlangan.

Mingbuloq tumanida yaşovçi nogironlar Farida Mamarizayeva, Şahnoza Rasulova va Nigora Samiyeva nomidan qayta qayta “nogironlarga yangi uy berib, sertifikat va kalitlari topşirilgani, biroq kalitlarni öşa kuniyoq tortib olib qöyişgani” keltirilgan.

Aslida, 2018 yilda Mingbuloq tumanida yaşovçi, uy-joy ehtiyoji bölgan nogironlardan 7 nafariga tuman hududidan yaşaş uçun moslaştirilgan binolardan bepul uy-joy taklif etilgan, ularning roziligi berilgan obʼektlar böyiça taʼmirlaş işlari olib borib, yaşaş uçun şaroitlar yaratilgan.

Yuqorida qayd etilgan sana, 2018 yilning avgustida ularga (7 nafar nogironga) Töraqörğon tumanida ötkazilgan tadbirda “Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan viloyatdagi oğir iqtisodiy ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bölgan, kam taʼminlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj onalarga uy-joy topşiriş töğrisidagi Sertifikat” bilan öşa özlari avvaldan qabul qilgan uylarning ramziy kalitlari topşirilgan.

Ularga yangi qurilayotgan namunaviy uylardan ajratilgani, bu uylarning sertifikati topşirilgani, keyin olib qöyilgani töğrisida “Ozodlik” saytida keltirilgan bayonot tölaligiça uydirmadir.

“Ozodlik” materialida ismi keltirilgan nogironlardan Farida Mamarizayevaga, 2018 yilda MFY binosidagi uçastka inspektori xizmat uyi taklif etilgan va avvaldan bu yerda yaşaşga rozi bölib, sertifikat topşiriş marosimidan söng yaşaş fikridan qaytgan. Keyinçalik unga taklif etilgan yana ikki binoni rad etgaç, yaşaş uçun moslaştirilgan eski QVP binosidagi 5 xonadondan öz tanlovi bilan birini tanlab olgan. Unga ajratilgan yaşaş hududiga kanalizatsiya hamda suv taʼminoti ötkazib berilgan. Uning yonida yaşovçilar orasida piçoq kötaradigan erkak qöşnilar hamda sigaret çekuvçilar yöqligi, faqat ayollar yaşaşi maʼlumot uçun keltiriş joiz deb topildi.

“Ozodlik” saytida nomi keltirilgan Şahnoza Rasulova va Nigora Samiyeva, ular nomidan “katta tadbirda göyo biz nogironlarga yangi uy topşirişdiyu, aslida esa eski uyga olib kelib, tiqib qöyişdi” degan gapning ğirt böhton ekanini taʼkidlaşdi. Yaratilgan şaroitlardan, tuman hokimligi, xotin-qizlar qömitasi hamda MFY tomonidan berilayotgan eʼtibor yuzasidan öz minnatdorçiliklarini takrorlaşdi. “Ozodlik”ning nima ekanini ham bilmasligini, qönğiroq bölgaç, “yana qaysidir idora mening muammolarimni yeçiş uçun jon kuydirmoqda” deb öylagan Şahnoza Rasulova, kunlik mavjud muammolarini aytganini, biroq materialda keltirilgan gaplarning yarmi unga oid bölmaganini, uydirma ekanini aytdi. Mahalliy hokimiyat tomonidan sovğa etilgan tikuv maşinasi bilan qöşni mahallada bepul asosda berilgan binoda xususiy çevarçilik bilan maşğul Rasulova, endi uyi yaqinidan unga bepul işxona uçun joy taklif etilganini, yaqin davrda tikuvçilik xonasini köçirib ötişini maʼlum qildi. Öz qölida yaşayotgan joyi uçun kadastr hujjatlari mavjud bölgan, biroq buning qabul qilinişi uçun asos bölgan tuman hokimining qarori nusxasi qölida bölmagani uçun, buning yetarli mulk huquqi bermasligini öylab, bu haqda “Ozodlik”ning telefonda boğlangan xodimiga gapirganini aytdi.

“Böyga yetgan öğli bilan hojatxonasi yöq uyda yaşayotgani” iddao etilgan Nigora Samiyeva, u bilan heç kim “Ozodlik” nomidan muloqot qilmaganini, öz yaşaş şaroitlaridan juda mamnun ekanini, ularga örab berilgan hovlining şundoq 3-4 metr taşida tualet borligi uçun, unga uy berilgan paytda qazilgan tualetni kömib, devorlari uçun möljallangan ğiştni uyib qöyganini, biroq endi hovlining boşqa burçagidan tualet kavlaşni reja qilayotganini, 20 dan oşgan öğlining yozda ustaçilik qilayotgani va buyurtmalari köp ekanini, şunga vaqti yetmayotganini bildirdi.

Mingbuloq tumani hokimligi dunyoda söz hamda fikr erkinligini taʼminlaş borasida olib borilayotgan keng kölamli işlarni qöllab-quvvatlaydi. Bu borada har qanday xolis va konstruktiv tanqid, mavjud muammolarni hal etişga kömaklaşişi şubhasiz. Biroq, matbuot naşri sifatida axborot maydonida iş olib boruvçi har bir media, öz faoliyatida böhton va uydirma orqali öz ğarazli maqsadlarini amalga oşirişga intilişini qoralaymiz. “Ozodlik”ni ham öz materiallarini aniq fakt va xolis yondaşuv bilan tayyorlaşga çorlaymiz.

Mingbuloq tumani hokimligi.

© namangan24.uz

×