Farğonada erkak öldirilib, yalonğoç holatda çakalakzorga taşlab ketildi

Farğonada erkak öldirilib, yalonğoç holatda çakalakzorga taşlab ketildi

Farğonada mudhiş jinoyat sodir etildi. 57 yaşar erkak 14 joyidan piçoq urilgan holatda daryo qirğoğidagi çakalazordan topildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi maʼlum qilmoqda. 

Gap şundaki, joriy yilning 6 yanvar kuni Farğona viloyati, Danğara tumani, Toşkent köçasi, 80-uyda yaşovçi Davidova Buzulfiya Obidovna Ohangaron tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. U öz murojaatida 1962 yilda tuğilgan  turmuş örtoği Komoljon Absalomoviç Yuldaşev 2020 yil 5 yanvar kuni soat 15:00 larda işonçnoma asosida boşqaruvida bölgan, oq rangli Cobalt rusumli, davlat raqami 40Z075RA bölgan avtomaşinada “Qöqon-Toşkent” yönalişi böylab kira qiliş maqsadida uyidan çiqib ketgani, söng qaytib kelmaganini aytib, uni topişda yordam söragan. 

Tergovga qadar tekşiruv davomida, bedarak yöqolgan Komoljon Yuldaşev 2020 yil 5 yanvar kuni soat 23:00 larda Toşkent şahar, Bektemir tumanida joylaşgan “Vodiy” avtobekatidan Farğona viloyati, Danğara tumaniga ketiş uçun özining boşqaruvidagi avtomaşinada yölga çiqib, şu kuni soat 23:52da qizi U.Parmanova bilan özining 90-...-47-46 raqamli uyali telefoni orqali gaplaşganida, “Ohangaron”dan Beşariq tumaniga yölovçi olib qaytayotganligini maʼlum qilganligi, şundan keyin uning telefoni öçirilib, uyiga yetib bormaganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2020 yil 7 yanvar kuni soat 18:00 larda bedarak yöqolgan Komoljon Yuldaşevning boşqaruvidagi Cobalt rusumli, davlat raqam belgisi 40Z075RA bölgan avtomaşina Ohangaron şahar, Yangiobod mahallasi, Alpomiş köçasidagi fuqaro J.Şermatovga tegişli 11-uyning oldidagi köçada turganligi aniqlangan.   

Hodisa joyi va avtomaşina közdan keçirilib, avtomaşina saloni va yukxonasidan qonga öxşaş qizğiş doğlardan namunalar va örindiq jildlari aşyoviy dalil tariqasida olingan.

Uşbu holat yuzasidan joriy yilning 7 yanvar kuni Ohangaron şahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat işi yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida, Komol Yuldaşevning murdasi keça, 8 yanvar kuni uning avtomaşinasi topilgan joyidan 18 km uzoqlikda, yaʼni Ohangaron tumani, Telov mahallasi hududidan oqib ötuvçi “Angren” daryosi ustidan ötuvçi “Nurobod-Telov” avtomobil yölidagi köprikdan öng tomonga, daryo özani çap tomoni böylab 1,2 km içkarida, çakalakzorlar orasida yalanğoç holatda badanining oldi tarafida 7 marotaba hamda orqa tomonida 7 marotaba ötkir tiğli jism bilan yetkazilgan tan jarohatlari bilan topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, Komol Yuldaşevning ölimi qöşma jarohat: boş miya yopiq jarohati, kökrak old-orqa va yonboş, qorin sohalarida köplab sançilib kesilgan jarohatlari oqibatida kelib çiqqan taşqi va içki qon ketişi natijasida yuzaga kelganligi körsatilgan.

Hozirda jinoyatni foş etiş çoralari körilmoqda.

Qalampir.uz

×