Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda erkak markaziy poliklinika binosi 3-qavatidan özini taşlab yuborganligi haqida videoxabar tarqalgan, Boş prokuratura voqea haqiqatda Navoiy şahrida sodir bölganini tasdiqlab, «Natijalari haqida keng jamoatçilikka batafsil maʼlumotlar eʼlon qilinadi», deya xabar bergandi.
Hozirgina Boş prokuratura voqea tafsilotlarini oçiqladi.
Aniqlanişiça, Navbahor tumani «Romitan» mahallasida yaşagan 54 yoşli S.S. (erkak) 2022 yil 16 oktyabrda mastlik holatida yiqilib tuşişi natijasida boş aylanişi va tili orqaga ketişi şikoyati bilan Respublika şoşilinç tez yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialining neyroxirurgiya bölimiga davolaniş uçun yotqizilgan.
2022 yil 18 oktyabrda S.S. özi yotib davolanib kelayotgan bölimning palatasi derazasidan özini pastga taşlagan va voqea joyida vafot etgan.
Tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi közdan keçirilib, sud-tibbiy ekspertiza tekşiruvidan ötkazilgan.
Şuningdek, örganişda marhum içkilikka ruju qöyganligi sababli yaqin qarindoşlari bilan özaro kelişmovçiligi mavjudligi aniqlangan.
Hozirda Navoiy şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda, deyiladi xabarda.









