Farğonada 31 yoşli ayol 4 nafar erkak tomonidan zörlandi. Erkaklarga nisbatan jinoyat işi oçilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, hodisa Farğona viloyatining Beşariq tumanida sodir bölgan. Fuqaro A.Y. tanişlari I.Yu, J.S. va B.S. bilan ayolni majburlab, taşlandiq şiyponga olib borgan. Ular ayolning B.S. bilan jinsiy aloqada bölgan holatini videotasvirga olgan va uşbu videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuboriş bilan qörqitgan. Şundan söng, ular D.U.ning erkiga qarşi nomusiga tegib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra, ayolning öng bilagida qontalaş iz bölib, mazkur tan jarohati oğirlik darajasiga köra 6 kundan köp davom etmaydigan yengil şikastlar toifasiga kiradi. Tanasining boşqa joylarida jarohatlar aniqlanmagan.
Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 118-moddasi (nomusga tegiş) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari yakunlanib, tegişliligi böyiça sudlov organiga yuborilgan.









