Xonasiga taşlab ketilgan 5 ming dollarni olmagan mansabdor rağbatlantirildi

Xonasiga taşlab ketilgan 5 ming dollarni olmagan mansabdor rağbatlantirildi

Toşkent viloyatida Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi Inson resurslarini boşqariş va rivojlantiriş bölimi boşliğining xizmat xonasiga 5000 AQŞ dollari taşlab ketildi. Bu haqda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 16 avgust kuni viloyat Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi Inson resurslarini boşqariş va rivojlantiriş bölimi boşliğining xizmat xonasida nomaʼlum şaxs tomonidan fayl papka qoldirib ketilgan. Xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning içida 5000 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablaği borligi aniqlangan.

Uşbu holat böyiça zudlik bilan viloyat boşqarma boşliği va boşqa masʼul xodimlar guvohligida dalolatnoma rasmiylaştirilgan hamda xizmat tekşiruvi ötkaziş böyiça zarur işlar amalga oşirilgan.

“Mavjud vaziyat Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning şaxsan nazoratiga olindi hamda holat böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlar örnatilgan tartibda xabardor qilindi. Ayni vaqtda zarur suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Toşkent viloyati maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi Inson resurslarini boşqariş va rivojlantiriş bölimi boşliği Nazokat Urazova halolligi uçun vazirning tegişli buyruği asosida lavozim maoşining 3 barobari miqdorida moddiy rağbatlantirildi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga köra, pora oliş-beriş bilan boğliq harakatlar jinoyat hisoblanib, ön beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.


Teglar:
×