Eron tomonidan AQŞning Iroqdagi harbiy obʼektlariga raketa zarbalari berildi. Natijada Ayn-al-Asadda joylaşgan aviabazadagi bir neça qiruvçi samolyotlar zararlangan. Baʼzi maʼlumotlarda esa bir neçta samolyot yöq qilingani aytilmoqda.
Norasmiy maʼlumotlarga qaraganda jabrlanganlar va qurbonlar bor, ammo hozirça ularning soni nomaʼlum.
Öndan ortiq raketalar orqali yöllangan hujum Iroq ğarbidagi Ayn-al-Asad aviaqarorgohi bilan birga Iroq ğarbidagi Erbil aerodromiga ham yönaltirilgan edi. Eron islom revolyutsiyasi qöriqçi korpusi tomonidan maʼlum qilinişiça, uşbu operatsiya «Jabrdiyda Sulaymoniy» deb nomlanadi va Boğdodda öldirilgan Qosim Sulaymoniy uçun öç oliş maqsaddida taşkil etilgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp hujum bölib ötgaç mamlakat mudofaa vaziri Mark Esper va davlat kotibi Mayk Pompeo bilan şoşilinç majlis ötkazdi. Şundan söng u tvitterdagi sahifasiga «hammasi joyida», deb yozib qöydi.
«Bugungi kunda bizda eng kuçli va eng yaxşi qurollangan armiya bor», — deydi Tramp. AQŞ prezidenti bugun bayonot berişi kutilmoqda.









