Namanganda terroristik taşkilot taʼsiriga tuşgan 21 kişi uşlandi

Namanganda terroristik taşkilot taʼsiriga tuşgan 21 kişi uşlandi

Namangan viloyatida terroristik taşkilot ğoyalari taʼsiriga tuşgan 21 nafar şaxs qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, DXX Namangan viloyati boşqarmasi va viloyat içki işlar organlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda “Islom davlati” terroristik taşkiloti ğoyalari taʼsiriga tuşgan 21 nafar şaxs uşlangan. Jamoatning yetakçisi, Pop tumani “Yangiobod” mahallasida istiqomat qiluvçi fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kanallar oçib, unga “Islom davlati” terroristik taşkiloti ğoyalarini tarğib qiluvçi materiallarni tarqatib kelgan.

Aniqlanişiça, uşbu fuqaro ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş davomida ayni paytda Janubiy Koreyada mavsumiy işlab kelayotgan Farğona viloyati Uçköprik tumanida röyxatda turuvçi şaxs bilan tanişib, uning virtual taʼsirida terroristik taşkilotlar faoliyatiga jalb qilingan. Uşbu şaxslar ota-onalarining roziligisiz şarʼiy nikohdan ötgan holda kelgusida jangovar harakatlar amalga oşirilayotgan öçoqli hududlarga hijrat qilib ketişni rejalaştirgan. Şuningdek, u özining harakatlariga uzoq qarindoşi va mahalladoşini jalb qilgan. Uşbu fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda yaşirin kanallar taşkil qilib, unga özlarining yaqin qarindoşlari, mahalladoşlari hamda ekstremizmga moyil bölgan şaxslarni aʼzo qilib, ularga terroristik taşkilotlarning amalga oşirayotgan qöporuvçilik harakatlari, qatl sahnalari, qonli janglar, amaldagi davlat tuzumini kuç bilan ağdarib taşlaşga qaratilgan ğoyalarni singdirib kelgan.

“Men ijtimoiy tarmoqlar orqali, yaʼni “Islom davlati” terrorçilarining taʼsiriga tuşib qolib, özimning Telegram messenjerim orqali kanallar oçib, terrorçilarning qotilliklari aks etgan videolari, daʼvatlari aks etgan videolar va darsliklarini tarqatganman. Terrorçilarning materiallari bilan tanişişim davomida Misrga hijrat qilib, u yerda “ilm olib”, söng “Islom davlati” terrorçilari bilan birgalikda jihod qilişni maqsad qilgandim. Men bu işimdan afsusdaman. Agar menga imkon berilsa, kelgusida bu işlardan uzoq yurişni, tarmoqlardan töğri maqsadda foydalanişni, ota-onamga, xalqimga yaxşi xizmat qilişni vaʼda beraman va men kabi yoşlarning ijtimoiy tarmoqlardan töğri foydalanişlarini sörab qolaman”, deydi ulardan biri.

Yana bir şaxs joriy yilning yanvar oyidan boşlab internet tarmoğidagi diniy mavzudagi video, fotosuratlarni körib, u oqimga qöşilib qolganini, Telegram profil oçib, unga har xil jihodga çorlovçi, hijratga çorlovçi video, “Islom davlati”ning bayroqlari aks ettirilgan videolar, fotosuratlar joylab boşlaganini bildirmoqda.

“Men bu qilgan işlarimdan afsusdaman. Menga öxşagan yoşlarning internet tarmoğidan foydalanişda ehtiyot bölişlarini sörayman va men bu yöl xatoligini anglab yetdim. Bu işimdan puşaymonman va qaytib bunaqa işlarga qöl urmayman”, deydi u.

Maʼlum bölişiça, uşbu fuqarolar bir neça marotaba ogohlantirilgan. Biroq özlariga tegişli xulosa çiqarmasdan, öz faoliyatini maxfiy tarzda davom ettirib kelgan. Tezkor tadbir davomida jamoat aʼzolaridan diniy adabiyotlar, axborot taşuvçilar va boşqa aşyoviy dalillar tegişli tartibda, xolislar iştirokida protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan. Tadbir natijasida jamoatning namanganlik 4 nafar yetakçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1 va 244-2-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, ularning 2 nafariga qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Qolgan 17 nafar aʼzolariga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Teglar:
×