Rossiyada özbekistonlikni otib ketgan yollanma qotil uşlandi

Rossiyada özbekistonlikni otib ketgan yollanma qotil uşlandi

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida yollanma qotil Özbekiston fuqarosining boşiga “Makarov” töpponçasi bilan öq uzib, yaşiringani haqida xabar bergandik.

Şundan söng, 22 fevral kuni jabrlanuvçi şifoxonada, olgan tan jarohati tufayli vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan tergov organlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30 va 105-moddalari (qotillikka uriniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligining Sankt-Peterburg şahri böyiça boş boşqarmasining xabar berişiça, tezkor xodimlar tomonidan ötkazilgan tadbirda qotillikka aloqador şaxslar qölga olindi.

Gap şundaki, öşa paytda Özbekiston fuqarosining boşqaruvida bölgan Toyota Camry rusumli avtomobil egasi asli rossiyalik 58 yoşli advokat bölib, u bir muddat oldin 51 yoşli biznesmen bilan janjallaşib qolgan. Tadbirkor esa avval ham bosqinçilik jinoyati uçun sudlangan 50 yoşli erkakni 5 million rubl evaziga advokatni öldiriş uçun yollagan. Biroq, yollanma qotil adaşib, advokatni emas, uning şaxsiy haydovçisini nişonga olgan.

Ayni paytda qotillikda gumon qilinayotgan şaxs hamda "buyurtmaçi" tegişli tartibda uşlanib, tergov organlariga topşirilgani maʼlum qilingan.


×