Tramp uçinçi jahon uruşini boşlamoqçimi?

Tramp uçinçi jahon uruşini boşlamoqçimi?

Britaniyaning The Independent naşrida «Tramp rostdan ham Uçinçi jahon uruşini boşlamoqçimi? Biz bu haqda nimalar bilamiz?» sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

AQŞ va Eron örtasidagi ziddiyat haqidagi maqola muallifi Luis Steypls Uçinçi jahon uruşi boşlanişi ehtimoldan xoli emas, deb yozadi.

Muallif Iroqda Eronning nufuzli generali Qosim Sulaymoniyning öldirilişi va u bilan boğliq boşqa voqealarni tahlil qiladi.

Maqolada şuningdek, amerikalik siyosatçilar, xususan, AQŞ sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden hamda Britaniyaning hozirgi taşqi işlar vaziri Dominik Raabning fikrlari ham keltiriladi.

Maqola söngida Steypls dunyo haqiqatdan ham yirik uruş tomon boryaptimi, degan savolga javob berar ekan, «biz hali buni bilmaymiz», deb yozadi.

Şu bilan birga muallif tomonlar ziddiyatni bartaraf etiş uçun qadam taşlayotganini ham yozadi.

×