AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp özini Uçinçi jahon uruşining oldini oladigan yagona şaxs deb atadi. Bu haqda u keça, 7 iyul kuni Ayova ştatidagi tarafdorlari bilan uçraşuvda maʼlum qildi.
“Men bergan vaʼdasini bajara oladigan yagona nomzodman. Men biz tobora yaqinlaşib borayotgan Uçinçi jahon uruşining oldini olaman. Biz Uçinçi jahon uruşi tomon ketyapmiz”, deydi u.
Şuningdek, Tramp yana bir bor özi Prezident bölsa, Ukraina uruşini 24 soat içida töxtata olişini taʼkidladi.
“Hamma men buni qila olamanmi, deb hayron böladi. Albatta, bu qölimdan keladi”, degan sobiq davlat rahbari.
Bundan taşqari, Donald Tramp Ukraina mojarosida biror tarafda emasligini aytgan.
“Men qaysi tarafda ekanimni bilasizmi? Men odamlar ölişini töxtatişlarini xohlayman. Mana, men kim tomondaman!”, deydi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp uning Putin bilan suhbati Ukraina uruşini bir neça yilga keçiktirganini daʼvo qilgandi.









