AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosini tartibga soliş kontekstida uçinçi jahon uruşiga olib kelişi mumkin bölgan “öyinlar” haqida ogohlantirdi. Bu haqda Tramp 11 dekabr kuni Oq uyda bölib ötgan uçraşuv çoğida söz oçdi.
U bu murojaat kimga qaratilganini aniq aytmagan, biroq Prezidentning sözlari Ukraina bilan boğliq kontekstda yangragan.
“Bunday işlar Uçinçi jahon uruşlari bilan yakunlanadi. Men yaqinda aytgandim: agar hamma şunday öyinlarni davom ettirsa, oxir-oqibat Uçinçi jahon uruşiga borib taqaladi. Biz esa bunday holatni körişni istamaymiz”, degan Tramp.
Prezidentning qöşimça qilişiça, agar vaziyat nazoratdan çiqib ketmasa, bu “Qöşma Ştatlarga taʼsir qilmas edi”. Trampning fikriça, AQŞ mojaroning özida iştirok etmayapti, faqat muzokaralarda qatnaşmoqda, biroq Ukraina va Yevropa Vaşingtonning vaziyatni hal etişda faolroq bölişini xohlayapti. Şu bilan birga, Vaşington NATO davlatlariga qurol sotmoqda va bu qurollar keyinçalik Kiyevga yetib bormoqda.
Oq uy rahbarining aytişiça, u Vaşington Rossiya va Ukraina bilan kelişuvga juda yaqin kelgan deb öylagan, ammo hududlar masalasi juda muammoli bölib çiqqan.
“Bu bilasizmi, biroz murakkab, çunki siz yerlarni maʼlum bir tarzda bölyapsiz. Bu oson iş emas. Bu murakkab köçmas mulk bitimiga öxşaydi, faqat ming barobar qiyinroq”, degan Tramp.
Oq uydagi tadbirda respublikaçi, şuningdek, AQŞ Rossiya-Ukraina mojarosi böyiça tinçlik rejasidan “qandaydir bandlarni olib taşlaganini” aytgan. Uning sözlariga köra, bitim kontseptsiyasi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga ham, Ukraina xalqiga ham yoqqan.









