Keça, 14 mart kuni Rossiyaning “Birinçi kanal”i efiri vaqtida studiyaga Ukrainaga qarşi uruşni töxtatiş haqida plakat bilan kirib borgan muharrir Marina Ovsyannikova yöqolib qoldi. “Meduza” naşrining “Agora” advokati Daniil Bermanga tayanib, yozişiça, huquq himoyaçilari uni topa olmayapti.
Qayd etilişiça, dastlab Ovsyannikova Moskvaning Ostankino tumani politsiya bölimiga olib ketilgani xabar qilingan. Biroq politsiya alvokatlarga uning bölimda yöqligini aytdi.
15 martga ötar keçasi qölga olingan jurnalist “Ostankino” telemarkazining navbatçilik xonasidan topilgan. Biroq “Pravozaşçiti” advokati Anri Tsiskarişvili u yerga kirişga muvaffaqi bölganda Ovsyannikova u yerda bölmagan. Şu bilan birga, “OVD-Info” manbasining aytişiça, qölga olingan şaxs “Ostankino” politsiya bölimida yöq.

Berman “Meduza”ga 15 mart kuni ertalab advokatlar Ovsyannikovani na “Ostankino” navbatçi bölimida, na şahardagi boşqa politsiya bölimlarida topa olmaganini tasdiqlagan.
Eslatib ötamiz, 14 mart kuni keçqurun “Birinçi kanal” xodimi Marina Ovsyannikova jonli efirda uruşga qarşi plakat bilan studiga kirib borji. Yangiliklar eʼloni paytida u “No war. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Bu yerda sizni aldaşmoqda. Ruslar uruşga qarşi”, deb yozilgan plakat bilan kadrga tuşdi. Ovsyannikova rejissyorlar boşqa kadrni qöyib yubormagunça efirda bir neça bor “Uruşni töxtating! Uruş kerakmas!”, deb takrorlagan.
Muharrir hibsga olingan. Norasmiy maʼlumotlarga köra, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning yangi 20.3.3 moddasi böyiça "Rossiya qöşinlaridan foydalanişni obrösizlantiriş" böyiça maʼmuriy bayonnoma tuzilişi mumkin. Advokat Daniil Berman Ovsyannikova jinoiy iş qözğatilişi mumkinligini ham inkor etmagan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yangi videomurojaatida Ovsyannikovaga şaxsan minnatdorlik bildirdi.
“Haqiqatni yetkazişga harakat qilişdan töxtamagan ruslardan minnatdorman. Dezinformatsiyaga qarşi kuraşayotgan va haqiqatni, döstlari, qarindoşlari va yaqinlariga aytayotganlardan. Şuningdek, şaxsan uruşga qarşi plakat bilan “Birinçi kanal” studiyasiga kirgan qizdan. Norozilik bildirişdan qörqmaydiganlardan. Sizning mamlakatingiz butun dunyodan yopilib, juda katta Şimoliy Koreyaga aylanmagunça, kuraşişingiz kerak. Imkoniyatingizni qöldan boy bermasligingiz kerak”, degan Zelenskiy.









