Buyuk Britaniyadagi "Mirror" naşrining yozişiça, Eron davlat televideniyesi mamlakatning har bir fuqarosidan bir yevrodan yiğişni taklif qildi. Bu mablağ AQŞ prezidenti Donald Trampning boşini olgan odamga mukofot tariqasida beriladi. Uşbu eʼlon yaqinda Pentagon hujumi natijasida öldirilgan eronlik general Qosim Sulaymonini dafn qiliş marosimi vaqtida eʼlon qilindi.
Dafn qiliş marosimi töğridan-töğri eʼlon qilingan bir paytda telejurnalist Eronda yaşaydigan 80 mln odamning har biri Trampning kallasi uçun bir yevrodan berişga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Demakki, Eron tomoni Trampni öldirgan odamga 80 mln yevro mukofot bermoqçi.









