Eron telekanali Trampning öğli haqda sirli rolik namoyiş qildi

Eron telekanali Trampning öğli haqda sirli rolik namoyiş qildi

Eron davlat televideniyesida AQŞ prezidenti Donald Trampning 20 yoşli öğli Barron Tramp haqida rolik namoyiş etildi. Islom inqilob qöriqçilari korpusiga aloqador telekanalda efirga uzatilgan lavha “Barron Trampni qayerda va qanday öldiramiz?” deb ataladi.  

Rolikda Barron Tramp öqiydigan universitet manzili, uning korteji harakat yönalişi va maxsiy xizmat agentlarining joylaşuvi namoyiş etiladi va AQŞ prezidentining öğli qay yönalişda harakatlanayotgani töliq kuzatilayotgani iddao qilinadi. 

Şuningdek, Trampning öğliga doir maʼlumot uçun 10 million dollar mukofot vaʼda qilingani ham aytiladi.

Lavhada bir qiz maxfiy qöriqlaş xizmati közini şamğalat qilgan holda Barron Tramp bilan uçraşgani qayd etiladi. 

Tahlilçilarga köra, Barron Tramp haqidagi rolik joriy yil iyul oyida Tasnim agentligi eʼlon qilgan “Melaniya Tramp qayerda va qanday harakatlanadi?” lavhasini yodga soladi. U lavhada AQŞ birinçi xonimining Nyu-York böylab harakati va qöriqlaş xizmatining zaif nuqtasi haqida söz boradi. 

Eron OAVda Donald Tramp haqida tahdidli lavhalar köp bora efirga uzatilgan. Tehrondagi Islom inqilobi maydonida ham Trampning ölimiga işora qiluvçi ulkan peşlavha osilgani maʼlum.

Tramp birinçi prezidentlik davrida – 2020 yilning yanvarida Eronning “Quds” kuçlari qömondoni, nufuzli general Qosim Sulaymoniyni öldirişga buyruq bergan edi. Eron hukumati Sulaymonning ölimi uçun qasos olinişini aytgan.

2020 yilda Eron huquq idoralari Interpolga AQŞ prezidenti Donald Trampni qidiruvdagi jinoyatçilar röyxatiga kiritişni sörab murojaat yöllagan.

Joriy yil 28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi keng kölamli uruş boşladi. Muhorabaning ilk kunida Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy öldirildi.

Oliy rahbarning ölimidan keyin Eronda qasos va xun tamoyiliga muvofiq Tramp öldirilişi kerakligi haqida fikrlar yangragan.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil iyul oyida Isroil AQŞ hukumatiga Eron tomonidan prezident Trampga qarşi yangi suiqasd rejasi tayyorlanayotgani haqida razvedka maʼlumotlarini taqdim etgan. 

Trampning özi Tehron hukumati unga qarşi suiqasd amalga oşirgudek bölsa, Eron yakson qilinişi haqida bayonot bergan. 

Aksar tahlilçilar Tehron hukumati tomonidan AQŞ prezidentiga suiqasd amalga oşirilişi ehtimoli past ekanini aytadi. Çunki dunyodagi eng qattiq qöriqlanadigan davlat rahbariga suiqasd uyuştiriş va uning muvaffaqiyatli çiqişi amrimaholdir.

Isroilning suiqasd haqidagi sönggi ogohlantirişi ham Vaşingtonni Eronga qarşi harbiy harakatlarni kuçaytirişga undaş maqsadida berilgan bölişi mumkin.

Maʼlumot örnida: prezidentlikka nomzodlik davrida Trampga bir neça bor suiqasd amalga oşirilgani va aksar hollarda bunday urinişlarning oldi olingan.

Jumladan, 2024 yil 13 iyul kuni Pensilvaniya ştatidagi saylovoldi uçraşuv payti Trampga qarşi suiqasd uyuştirilgan. 20 yoşli Tomas Metyu Kruks ismli şaxs tomonidan otilgan öq Trampning öng quloğini yalab ötgan. Siyosatçi yengil jarohat olgan, mergan esa otib öldirilgan.


Manba Xabar.uz

×