“Real” Venesueladagi zilzila qurbonlari uçun 2 mln yevro ajratdi

“Real” Venesueladagi zilzila qurbonlari uçun 2 mln yevro ajratdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hamda uning prezidenti Florentino Peres Venesuelada sodir bölgan kuçli zilzilalar oqibatida jabrlanganlarga yordam körsatiş uçun jami 2 million yevro xayriya qiladi. Bu haqda klub rasmiy saytida maʼlum qilindi.

Maʼlumotga köra, “Real Madrid” zilzilalardan jabr körgan aholi va oğir ahvolga tuşib qolgan oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida 1 million yevro ajratadi. Klub prezidenti Florentino Peres esa uşbu mablağni şaxsan yana 1 million yevroga oşirib, umumiy xayriya miqdorini 2 million yevroga yetkazdi.

Şuningdek, “Real Madrid” jamğarmasi Qizil Xoç bilan hamkorlikda jabrlanganlar uçun mablağ yiğiş kampaniyasini ham boşladi.

“Real Madrid”da biz uşbu oğir kunlarda Venesuela xalqiga çuqur hamdardligimizni, qöllab-quvvatlaşimiz va birdamligimizni bildiramiz”, deyiladi klubning rasmiy bayonotida.


Teglar:
×