Andijon şahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulşanoy Qoşqarovaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-moddasi (tuhmat) bilan maʼmuriy iş qözğatilgani haqida xabar berilgan edi.
Human.uz axborot portali muassisi hisoblangan “Human Media” masʼuliyati çeklangan jamiyati boş direktori, jurnalist va bloger Xurşid Daliyevning şikoyatiga asosan Andijon şahar IIB tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari yakuniga köra şunday qaror qabul qilingan, deyilgan xabarda.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning «Daryo» naşriga xabar berişiça, 4 yanvar kuni holatiga köra, Andijon şahar maʼmuriy sudining iş yurituviga G. Q. ga nisbatan yuritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş kelib tuşmagan.









