Haydovçini “qarğagan” sirdaryolik “GAI” xodimiga nisbatan rasman xizmat tekşiruvi tayinlandi. IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ijtimoiy tarmoqda “Sirdaryoda qarğaydigan GAI xodimi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan maʼlumot:
Joriy yilning 8 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda “Sirdaryoda qarğaydigan GAI xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Video lavhada, Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi I.Yakubov haydovçi bilan özaro muloqot vaqtida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrda 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Içki işlar vazirining meʼyoriy buyruği talablaridan çetga çiqqanligi holati aks etgan.
Mazkur video lavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Tekşiruv xulosasi böyiça qöşimça maʼlumot beriladi”, — deyiladi rasmiy munosabatda.
Maʼlumot örnida, 2020 yil yakunlari böyiça — bizga maʼlum bölgan 7ta holatda sirdaryolik IIO xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvlari tayinlangan bölib, 2nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 1nafari IIOlari safidan böşatilgandi.









